187
XVIII BOB. TO’LOV BALANSI
18.1. To’lov balansining mohiyati va tarkibi
To’lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi
dunyo o’rtasida bo’ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U
mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo’nda ifodalab pul-kredit, valyuta,
byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish
yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu
jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to’lov balansida
o’z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va
valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon
bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va
xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansini bir tomondan,
chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan
barcha to’lovlar ko’rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport
yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib
olish (import) uchun to’lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog’liq bo’ladi.
Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u
moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyuta bo’lishi mumkin.
4-jadval
Mamlakat to’lov balansining taxminiy ko’rinishi (raqamlar shartli)
Moddalar nomi
Kredit (+)
yoki
eksportdan
tushumlar
Debet (-) yoki
import uchun
xarajatlar
Sof kredit
yoki sof
debet
Joriy operatsiyalar hisobi
Tovarlar
+185
-260
-75
Tashqi
savdo
balansining
qoldig’i
-75
Xizmatlar
+85
-97
-12
Investitsiyalardan
daromadlar
(foizlar va divedentlar)
+28
-20
+8
188
Transfert ko’rinishidagi pul
o’tkazmalari
+10
-18
-8
Joriy operatsiyalar bo’yicha
balansning qoldig’i
-87
Kapital harakatining hisobi
Investitsiyalar va boshqa o’rta
va uzoq muddatli kapital
+150
-87
+63
Kapital harakati balansining
qoldig’i
+63
Joriy operatsiyalar va kapital
harakati bo’yicha balansning
qoldig’i
-24
Rasmiy
zahiralar
(oltin,
XFVdagi zahiralar)
+24
+24
To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi: joriy
operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar. Shunga ko’ra to’lov
balansi strukturasi ham ikki qismdan iborat:
1. Joriy operatsiyalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi.
Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «qo’shish»,
import esa «ayirish» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida
ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish -
import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta
ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta
chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini
kamaytiradi.
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi
hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig’i deb yuritiladi.
Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan
ko’ra ko’proq olib keladi (-75).
Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug’urta,
sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar
bilan bo’lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo’lgan operatsiyalarda ham
189
mamlakat xorijiy xizmatlarni ko’proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda
yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko’proq
boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug’urta
xizmatlarini ko’rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va
sug’urta kompaniyalari ko’rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va
h.k. Bu operatsiyalar bo’yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12).
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z
ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapital uchun chet to’lovlari bo’yicha
tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to’lanadigan
to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad musbat bo’ladi (+8).
Transfert ko’rinishida pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda
yashayotgan fuqarolariga to’lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z
qarindoshlariga pul o’tkazmalari, turli ko’rinishdagi hukumat yordamlarini o’z
ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar
miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy
valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo’yicha barcha operatsiyalar yig’indisi joriy operatsiyalar
balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import
operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport
operatsiyalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo’lishini anglatadi. Boshqacha
aytganda, ushbu holda mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha
kamomadga ega.
Dostları ilə paylaş: |