O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
makroiqtisodiyot

XIX BOB. VALYUTA KURSI
 
19.1. Valyuta kursining mohiyati va uni aniqlash 
Barcha xalqaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli 
xar qanday ayirboshlashda bo’lgani kabi valyuta narxini yoki valyuta kursini 
aniqlash zaruriyati paydo bo’ladi. Shunday qilib, valyuta kursi — bu, bir mamlakat 
pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan narxidir. Valyuta 
kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. O’ to’g’ri va teskari kotirovkalashga 
ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining narxi milliy valyutada ko’rsatilsa, bunga 
to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 2200 so’mga, 1 Rossiya 
rubli 80 so’mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir 
birligiga to’g’ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o’rnatiladi. Masalan, 1 
o’zbek so’mi 0,000454 AQSh dollariga to’g’ri keladi. Dunyoning ko’p 
mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda ham to’g’ri kotirovkalash qabul 
qilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning 
narxi yoki kursi aniqlanadi. O’zbek so’mining kursi O’zbekiston valyuta birjasida 
o’rnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega 
bo’lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta 
kurslarini o’rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. 
Bu ta’sir kuchiga bog’liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq 
qiluvchi ikki varianti mavjud. 
1.
Talab va taklifga asosan aniklanadigan egiluvchan yoki erkin suzib 
yuruvchi valyuta kursi tizimi. 
2.
Davlat 
aralashuvi 
asosida 
aniqlanadigan 
qat’iy 
bel- 
gilangan valyuta kursi tizimi. 
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. 
Masalan, bir o’zbek so’mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. 
Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif 
esa oshadi (34- chizma). 


201 
Dollarga bo’lgan talabning kamayishi D to’g’ri chizig’ida berilgan. Bu shuni 
ko’rsatadiki, agarda dollar o’zbekistonliklar uchun arzon bo’lsa, amerika 
tovarlari ham ular uchun arzon bo’ladi va bu o’z navbatida ularning amerika 
tovarlariga bo’lgan talabini oshiradi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin