N. A. Egamberdieva



Yüklə 6,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/68
tarix20.11.2023
ölçüsü6,31 Mb.
#165799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
portal.guldu.uz-Arxeologiya

 ilk o‘rta asrlar- 
milodiv Y -IX asrlar
2 -
rivojlangan o‘rta asrlar 
- milodiy IX - XYI asr boshlari
3 - 
so‘nggi o‘rta asrlar 
- milodiy XYI-XVIIl asrlar (1-jadval)
Arxeologiyada eng qadim gi davr mehnat qurollarining nimadan
yasalganiga qarab davrlarga ajratiladi. Eng qadimgi davr arxeologik 
jihatdan 
paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va 
ilk temir
davrlariga boMinadi. 
0 ‘rta Osiyo hududi bo‘yicha ular quyidagi 
davrlarni o‘z ichiga oladi:
Paleolit 
davri 3 bosqichga boMinadi:
1. Ilk paleolit - lm ln-100 ming yillik (yangi davrlashtirish bo‘yicha 2 
mln - 200 ming yillikjlarni o ‘z ichiga oladi.
2. 0 ‘rta paleolit -100 -40 ming yillik(yangi davrlashtirish bo‘yicha 
200 mln - 100 ming yillik) lami o‘z ichiga oladi.
3. So‘nggi paleolit - 40 -12 ming yillik (yangi davrlashtirish 
bo‘yicha 100 mln - 12 ming yillik) lami o‘z ichiga oladi.
Mezolit mil.avv. 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
Neolit mil.avv. 6-4 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
Eneolit mil.avv. 4-3 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
Bronza mil.avv.3-2 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi.
Ilk tem ir davri 1 ming yillikdan- mil.avv. VII asrlarni o‘z ichiga 
oladi.
Arxeologiyada keyingi davrlarni davrlashtirish masalalarida tarixiy 
davrlashtirishdan foydalaniladi.
s


Arxeologiya fani vazifalari. Qadimiy yodgorliklar xalqlaming 
madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy 
dalillar hisoblanadi. Shu o'rinda tarixni arxeologik yodgorliklar misolida 
targ‘ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatish juda muhimdir. 
Shu bilan birga, mamlakatimiz hududida joylashgan arxeologik 
yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib 
tarbiyalashda, ularning qalbida ko‘hna tarix va madaniyatga hurmat- 
ehtirom ruhini uyg‘otishda katta ahamiyatga egadir. Arxeologik 
yodgorliklar 0 ‘zbekiston madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi juda 
muhim moddiy manba hisoblanadi.
Bugungi kunda arxeologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan 
biri o‘tmishning yo‘qolib borayotgan izlarini izlab topish, moddiy 
ashyolar va tarixiy yodgorliklar yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy 
sistemalashtirish asosida haqqoniy tarixni tiklash, uning ochilmagan 
sahifalarini o‘rganib, tarixdagi oq dogMami yo‘qotishdir.
0 ‘zFA Arxeologiya institutining ma’lumotlariga ko‘ra, respubli- 
kamiz hududida 1960 yilgacha 30 mingtaga yaqin arxeologik 
yodgorliklar boMgan. Ularning buzilishi va emirilishi, ekin maydon- 
lariga qo'shilib ketishi oqibatida 80—yillarga kelib, ularning soni 9 
mingtaga tushib qolgan va 90 - yillaming o'rtalariga kelib, bu 
obidalaming soni bor-yo‘gM 5391 tani tashkil etgan.
Keyingi yillarda tarixiy va arxeologik yodgorliklami saqlash va 
ta’mirlash bo‘yicha anchagina ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 
arxeologik tadqiqot ishlarining koMami ham kengaymoqda.
Mavzuni mustahkamlovchi savollar:
1. Arxeologiya so‘zining ma’nosi nima?
2. Arxeologik manbalar qanday turlarga boMinadi?
3. Arxeologik yodgorliklar nima va ularning qanday turlari bor?
4. Arxeologiya fani nimani o‘rganadi?
5. Arxeologik davrlashtirishning o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring?
6. Arxeologiya fanining asosiy vazifalari nimadan iborat?
7. Arxeologiya moddiy manbalami qanday o'rganadi?
8. Madaniy qatlam nima?
Yodda tuting!
• 
Arxeologiya—moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyat- 
ning o‘tmishini o‘rgatuvchi fan.



Arxeologik manbalar - insonlar tomonidan yaratilgan moddiy 
buyumlar.
• 
Arxeologik yodgorliklar er ostida va er ustida boMib, ular 
ibtidoiy odamlar yashagan makonlar, qishloq, shahar harobalari, 
qoyatosh rasmlari, 
istehkomlar, 
ibodatxonalar, mozor-qo‘rg‘onlar, 
qabristonlar va qadimgi sug‘orish inshootlaridir.
• 
Madaniy qatlam insonlaming xo'jalik faoliyati izlari saqlanib 
qolgan tuproq qatlamidir.
• 
Shurf - «qaziyman» degan ma’noni anglatadi. U orqali madaniy 
qatlam 
aniqlanadi, 
yodgorliklar 
haqida 
dastlabki 
ma’lumotlar 
olinadi.

Yüklə 6,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin