VA 0 ‘RGANILISH BOSQICHLARI l-§. Arxeologiyaning tadqiqot manbai va uning vazifalari Kishilik jamiyatining vujudga kelish jarayoni uzoq o‘tmishga
borib taqaladi. O lz navbatida o ‘tmishni o‘rganish - har bir davming
dolzarb masalalaridan biri
bo‘lib kelgan. Arxeologiya fani ham
tarixning tarkibiy qismi boMib, gumanitar fanlar orasida alohida
o ‘rin tutadi.
«Arxeologiya» - so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib - «arxayos»-
qadimgi, «logos»-fan so'zlaridan tarkib topgan. Qadimiyat haqidagi
fandir (Qadimshunoslik). Uni dastlab, miloddan avvalgi IV asrda
Aflotun «Gippiy» dialogida, qadimgi zamon haqidagi fanni nazarda
tutib ishlatgan.
Shu tariqa bu so‘z qadimgi Yunonistonda qo'llanil-
gan va
o'tmish masalalari muhokamasi ma’nosini anglatgan. Vaqt
o'tgach. uning ma’no doirasi ancha o‘zgarib, kengayib borgan va tarix
fanining muhim tarmoqlaridan biriga aylangan.
Arxeologiya - moddiy madaniyat manbalari asosida insoniyatning
o ‘tmishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Arxeologik manbalar tarixiy
manbalarga nisbatan ancha qadimiydir. Uning ilk davri 2,5-3
million yilga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati tarixini 24 soat
deb faraz qilsak, uning 23 soat-u 56 daqiqasi yozma manbalarsiz
davrga, 4 daqiqasi yozma tarixga to‘g‘ri keladi. Demak, kishilik
tarixining juda katta davrini
o'rganish arxeologik manbalarga
tayanib olib boriladi.
Arxeologik
m an b alar arxeologik yodgorliklardir, ya’ni inson
tomonidan yaratilgan turar-joy qoldiqlari, odamlar yashagan g‘or va
ungirlar, mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at obidalari, qoyatosh
rasmlari, shuningdek, moddiy materialga bitilgan yozma manbalar
ham kiradi. Arxeologlar kishilik
madaniyati tarixini o‘rganishda
moddiy va yozma manbalarga tayanib ish ko'radilar.
Arxeologiyada qadimgi buyumlarni o‘rganish birdan bir maqsad
qilib
oiinmaydi, topilmalarni tilga kiritish va o‘sha zamon nafasini
tiklash arxeologiyaning asosiy maqsadidir. Shuning uchun topilmalar
tarixiy tadqiqotlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatga
ega boMadi. Buyumlaming yoshi, nimaga ishlatilgani, qanday uslubda
yasalganini
aniqlash
tadqiqotning
zarur
tayyorgarlik
bosqichi
hisoblanadi.