R. I. G im u s h, F. M. M a t m u r o d o V



Yüklə 4,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/86
tarix20.11.2023
ölçüsü4,17 Mb.
#166109
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86
Innovatsion menejment. Gimush R.I.

Uchinchidan,
investitsiya tavakkalchiliklari xavfini kam aytirishni 
ta ’minlash. Investitsiya tavakkalchiliklari turli xil b o ‘lib, barcha investit­
sion faoliyat yo‘nalishlariga mansubdir. Ba’zi hollarda, bu tavakkalchilik- 
lar nafaqat olinadigan daromad va foydani, balki butun yo‘naltirilgan kapital 
bilan bog‘liq zararga ham olib kelishi m umkin. Shuning uchun boshqaruv 
qarorlari bilan bog‘liq alohida investitsion loyihalarni amalga oshirishda 
moliyaviy zararlarga sabab bo‘luvchi investitsiyalash bilan bog'liq tavakka- 
lchiliklarni har tom onlam a kamaytirish m uhim ahamiyatga ega.
T o‘rtinchidan,
investitsiya faoliyati jarayonida korxonalarni moliyaviy 
va to ‘lov qobiliyatini mustahkamlash. Investitsiya faoliyati yirik miqdor- 
dagi kapitallarni uzoq muddatga m uom aladan chiqarilishi bilan bog‘liqdir. 
Bu esa, o ‘z navbatida, kompaniyani moliyaviy va to ‘lov qobiliyati pasa- 
yishiga ta ’sir ko‘rsatishi, hattoki uni inqirozga olib kelishi ham mumkin. 
Bundan tashqari, ko‘pgina investitsion loyihalarni moliyalashtirish chet- 
dan qarz olish hisobiga amalga oshiriladi. Kompaniya aktivlarida olingan 
qarzlar hissasi o ‘sishi uni moliyaviy barqarorligiga putur etkazishi m um ­
kin. Shuning uchun loyihaning moliya manbalari shakllantirilayotganda, 
bu ko‘rsatkich kompaniyaning moliyaviy holatiga va to ‘lov qobiliyatiga 
qanday ta ’sir o ‘tkazishini oldindan ko‘ra bilish muhimdir.
Beshinchidan,
investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish 
yo‘llarini izlash. Rejalashtirilgan har qanday investitsiya loyihasini iloji bo- 
richa qisqa m uddatlarda, sifatli qilib amalga oshirish kerak. Bu esa, kom ­
paniyaning jadal rivojlanishiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jadal 
amalga oshirilgan investitsiya loyihasi tezroq pul m ablag‘lari oqimi ke-
25


lishini ta ’minlaydi va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallash- 
tirish maqsadida olingan kredit mablag‘larini kamaytarish jarayonini ham
jadallashtiradi. Nihoyat, tez amalga oshirilgan investitsion loyihalar ichki 
investitsiyalar bozoridagi konyunkturani m am lakatda investitsiyalash 
m uhitining yomonlashuvi natijasida ko ‘rilishi mumkin bo'lgan zarar va 
tavakkalchiliklarni keskin kamaytiradi.
Yuqorida sanab o'tilgan investitsion m enejmentning barcha vazifalari 
o ‘zaro uzviy bog'liqdir. M asalan, korxona rivojlanishining jadal sur’atlari 
bir tom ondan yuqori daromadli investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
natijasida erishilishi mumkin b o ‘lsa, ikkinchi tom ondan, boshqa loyiha- 
larni amalga oshirish m uddatlarini tezlatish bilan bog‘liq bo‘lishi m um ­
kin. 0 ‘z navbatida, investitsiyalardan olinadigan foydani ko'paytirishga 
qilingan harakat investitsion tavakkalchiliklar ko‘payishiga olib keladi. Shuni 
hisobga olib, bu ko ‘rsatkichlarni o ‘zaro optimallashtirish lozim. Investit­
sion tavakkalchiliklar bilan bog'liq xavfni kamaytirish kom paniyaning 
m oliyaviy b arq arorlig in i va t o ‘lov q o b iliy atin i t a ’m inlovchi asosiy 
yo'nalishlardan biridir.
Bundan kelib chiqqan holda, investitsion m enejmentning asosiy vazi- 
fasi investitsiya faoliyatidan olinadigan daromadlami (foydani) ko‘paytirish 
bilan birga, kompaniyalarni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish va mus- 
tahkamlashdan iboratdir.
Investitsion m enejmentning ushbu m uhim vazifalaridan uning quyi- 
dagi asosiy funksiyalarini keltirib chiqarish mumkin:
1. Tashqi investitsion muhitni va investitsiyalar bozori konyunkturasi 
istiqbolini o ‘rganish. Bunda amalga oshirilayotgan investitsion faoliyat va 
investitsiyalash jarayonlari bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy shart-sharoit- 
iar tadqiq qilinadi; investitsiyalar bozori konyunkturasini belgilovchi om il- 
larni tahlil qilish; korxona faoliyati bilan bog‘liq bo'lgan investitsiya bo- 
zorlari konyunkturasi istiqbolini alohida segm entlarga b o ‘lgan holda 
o ‘rganib chiqish.
2. Investitsiya faoliyati bilan bogMiq strategik yo'nalishlarni ishlab 
chiqish. Bu vazifani amalga oshirishda kompaniyani iqtisodiy rivojlanishi­
ning umumiy strategiyasi va investitsiyalar bozori konyunkturasi istiqbo- 
iini aniqlash orqali investitsion faoliyatning maqsadlar tizimi va yaqin ke- 
lajakda amalga oshirilishi lozim bo‘]gan vazifalar shakllantiriladi.
3. Investitsiya resurslarini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish. 
Bu vazifani amalga oshirishda investitsion faoliyat uchun zarur b o ‘lgan 
investitsiya resurslari bilan bog'liq umumiy ehtiyojini; o ‘z moliya mablag‘lari 
hisobidan investitsiya resurslarini shakllantirish imkoniyatlarini (foyda, am- 
ortizatsiya chegirmalari va boshqalar); pul bozoridagi vaziyatdan kelib 
chiqqan holda (aw alam bor, suda foizini m e’yori) investitsiya loyihasini 
amalga oshirish uchun chetdan kredit mablag'larini (birinchi navbatda,
26


alohida investitsiya dasturlarini aksiyalashtirish yordam ida) jalb etish zaru- 
riyati va maqsadga muvofiqligi o ‘rganib chiqiladi. Investitsiya resurslari 
m anbalari tarkibini takom illashtirish jarayonida xususiy va chetdan jalb 
etilgan m ablag‘lar mutanosibligini ta ’minlash, shuningdek, alohida kredi- 
torlar b o ‘yicha moliyaviy to ‘lov m anbalarini diversifikatsiyalash va kela- 
jakdagi moliyaviy barqarorlik va to ‘lov qobiliyati ta ’m inlanishini amalga 
oshirish lozim bo'ladi.
4. Alohida real, investitsion loyihalarni aniqlash va ulam ing samara- 
dorligini baholash. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida investitsiya 
bozoridagi joriy takliflar o ‘rganib chiqiladi; korxonaning investitsion strate- 
giyasiga mos keluvchi investitsion loyihalar tanlab olinadi va chuqur tah- 
lil qilinadi; h ar bir investitsiya loyihasi bo'yicha alohida daromadlilik dara­
jasi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham hisoblab chiqiladi.
5. Alohida moliyaviy dastaklarni investitsion sifatlarini baholab, ular 
ichidan eng samaradori tanlab olinadi. Bu jarayonni amalga oshirishda, 
ushbu moliyaviy dastaklarni bozordagi munosib takliflari ko‘rib chiqiladi 
va ularning alohida investitsion sifatlari baholanadi. Shuningdek, ularning 
haqiqiy bozor qiymatlariga ham baho berilib, moliyaviy dastaklar orasi- 
dan eng samaralilari tanlab olinadi. Bunday moliyaviy dastaklar asosini 
bugungi kunda («fond dastaklari» deb nom lanuvchi) aksiyalar va boshqa 
qim m atbaho qog‘ozlar tashkil etadi.
6. Investitsiya portfelini shakllantirishda darom adlilik, likvidlilik va 
tavakkalchilik ko'rsatkichlarini baholash. Bu vazifani amalga oshirish jara­
yonida har bir investitsiya loyihasi va moliyaviy dastaklar b o ‘yicha jalb 
qilinishi mumkin b o ‘lgan chet el investitsiyalarini, tavakkalchilik va daro- 
m ad ko‘rsatkichlarini hisobga olib, ular orasidan amalga oshirish uchun 
eng qulay yo‘l tanlab olinadi. Investitsiya portfelini shakllantirishni bir­
inchi bosqichida real va yaxlit moliyaviy investitsiyalar o'rtasidagi m uta- 
nosiblik optim allashtiriladi; ikkinchi bosqichda, alohida turlar b o ‘yicha 
eng samarali (daromadlilik va tavakkalchilik nisbati asosida) investitsiya 
loyihalari (investitsiyalash uchun moliyaviy asboblar) tanlab olinadi. Uchin- 
chi bosqichda loyihani likvidliligi baholanadi. Bunda shakllantirilgan in­
vestitsiya portfelini joriy davr ichida amalga oshiriladigan investitsiya lo­
yihalari yig‘indisi sifatida qabul qilish mumkin.
7. Alohida investitsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirishni jo ­
riy rejalashtirish va bevosita boshqarish. Bu vazifani am alga oshirish 
jarayonida shakllantirilgan investitsiya portfelini boshqarish maqsadida turli 
xil joriy rejalar ishlab chiqilib, ulardan alohida investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish bilan bo g iiq taqvim rejalarini va ularni budjetini aniqlashda 
foydalaniladi.
8. Investitsiya dasturlari va alohida loyihalarni amalga oshirishning 
monitoringini (nazoratini) tashkil etish. Bu vazifani amalga oshirish jara-
27


yonida har bir investitsion loyiha va alohida investitsiya dasturlarini amalga 
oshirish bilan bog‘liq birlamchi kuzatuv ko‘rsatkichlar tizimi shakllantiri- 
ladi; m a’lumotlami yig‘ish va tahlil qilish muddati belgilanadi; amalga oshi- 
rilayotgan investitsiya loyihalarini m uddatlar, hajmlar, samaradorlik va 
boshqa belgilangan ko'rsatkichlardan chetga chiqish sabablari aniqlanadi.
9. 
Samarasiz investitsion loyihalardan va kapitalni reinvestitsiyalashdan 
o‘z vaqtida chiqish uchun qarorlarni tayyorlash. Alohida investitsion loyiha- 
lar (moliyaviy dastaklar)ni kutilayotgan yoki haqiqiy samaradorligi investit- 
siyabozori konyunkturasi, korxonaning moliyaviy holati, investitsion portfelini 
shakllantirishda yo‘l qo'yilgan xatolar natijasida hisob-kitoblarga nisbatan ancha 
kam bo‘lishi mumkin. Bu holda, bunday investitsion loyihalardan chiqish 
(alohida moliya dastaklarini sotish) va uning shakllari (sotish, aksiyalashti- 
rish va h.k.) to ‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinadi. Shu bilan bir qatorda, in­
vestitsion portfel tahlil qilinib, bo'shagan kapitalni reinvestitsiyalash, boshqa 
investitsion loyihalarni yoki moliyaviy vositalami tanlash amalga oshiriladi.
Bizning flkrimizcha, bugungi kunda Davlat investitsiya dasturiga ki- 
ritilayotgan loyihalarda va um um an, iqtisodiyotim izda amalga oshiri- 
layotgan investitsion loyihalar uchun loyihaviy m enejmentning asosiy ta- 
lablariga to ‘la rioya etish masalasini qo‘yish vaqti keldi.
Samarali loyihaviy menejmentni shakllantirish milliy iqtisodiyotni muhim 
tavsifnom asiga aylanib borm o q d a. Bu yerda, iq tiso d c h i-o lim la r 
ta ’kidlayotganlaridek, to ‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari ular uchun 
eng ko‘p imtiyozlar va yengilliklar yaratilayotgan bozorlarga emas, balki 
iqtisodi ravon rivojlanayotgan bozorlarga intilayotganliklari ta’kidlab o ‘tilgan.
Haqiqat tariqasida shuni ham tan olish kerakki, chet el investitsiya- 
larini jalb qilishda alohida dastaklar sifatida imtiyoz va yengilliklarni yaratib 
berishdan foydalanish kabi yondoshuvlar saqlanib kelinmoqda. Xususan, 
0 ‘zbekistonda bunday tuzilmaviy siyosatning asosiy dastagi sifatida dav­
lat investitsiyalari (loyihalarni moliyalashtirish), kredit siyosati (markazlash- 
tirilgan kreditlar), valyuta siyosati (uskunalar im portini rag‘batlantirish), 
chet el investitsiyalarini jalb qilish (im tiyozlar va yengilliklar) kabi 
yo£nalishlar alohida ajralib turadi.
Ayni vaqtda, tashqi va ichki investitsiyalarni aniqlashning usul va us- 
lubiyotlarini ishlab chiqishda kapital qo ‘yilmalaridan nafaqat bir m arota- 
ba foyda olish, balki «zanjiriy samara»ga erishishni rejalashtirish ko‘proq 
ahamiyatga ega ekanligi ta ’kidlanmoqda.
Bundan tashqari, loyihalashtirish, investitsiyalar hajmini rejalashtirish 
va loyihalarni amalga oshirishni boshqarishning barcha bosqichlari o ‘zaro 
uzviy bog‘liq b o ‘lishi zarurligi ko‘rsatib o'tilmoqda.
Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq 
qator muam molarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularni moliyalashtirish esa 
eng dolzarb va m uhim masala hisoblanadi:
28


— xarajatlar smetasi (ta ’m inotchilar xarajatlari, bajariladigan ish qiy- 
mati, alohida xarajatlar);
— xarajatlar amalga oshiriladigan m uddatlar;
— amalga oshirilgan xarajatlar to ‘g‘risida m a’lum otlar;
— natura shaklidagi qo'yilmalar va mavjud aktivlami baholash uslubiyoti;
— loyiha qiymatiga kiritilgan, k o ‘zda tutilm agan xarajatlar bo'lishi 
mumkin bo'lgan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo'yilgan hollarda zaxira yor- 
dam ida moliyalashtirishni ta ’minlash manbalari to ‘g‘risidagi m a’lumotlar.
Loyiha qiymatiga kelajakda kelib chiqishi m um kin b o ‘lgan barcha 
xarajatlarni, shuningdek, sug‘urta xarajatlarini ham qo'shish lozimdir. 
Bunday xarajatlar, odatda, moliyalashtirish haqidagi kelishuvlarga imzo 
chekilishdan oldin amalga oshiriladi va korxonaga ajratilayotgan m ablag'lar 
hisobidan qoplanishi m umkin.
Agar loyiha mavjud obyektlami kengaytirish bilan bog‘liq b o ‘lsa, u holda 
korxona pul mablag‘larining harakati, daromadlar haqida hisobotlarva joriy 
balansni taqdim etish kerak b o ‘ladi.
Loyihada moliyaviy xarajatlar tuzilmasi bilan bir qatorda moliyalash­
tirish haqidagi m a’lum otlar ham ko‘rsatib o'tilishi zarur.
Birinchidan, 

Yüklə 4,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin