O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Nazorat savollari: 
1.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasining obekti va predmetini nima tashkil 
qiladi? 
2.
Investitsiya loyihalari ekspertiza qilishning asosiy vazifalari nimadan iborat? 
3.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning iqtisodiyotdagi o‘rni? 
4.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasi deganda nimani tushunasiz? 
5.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishdan maqsad nima? 
6.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishninig yuzaga kelish sabablari? 
7.
Jahon amaliyotida investitsiya oldi fazasining qanday bosqichlari mavjud? 
8.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning zarurati va ahamiyati. 
9.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning me‘yoriy-huquqiy asoslari. 
10.
Investitsiya loyihalarni ekspertiza qilishning qanday turlari mavjud? 


22 
II-BOB. 
INVESTITSIYA 
LOYIHALARINI 
EKSPERTIZA 
QILISHDAGI AXBOROTLAR MANBASI
2.1. Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish uchun qarz oluvchilar 
tomonidan bankka taqdim etiladigan hujjatlar 
 
Biz 1-bobda qanday loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi ―Loyihalarni va import kontraktlarini 
kompleks ekspertiza qilish markazi‖ davlat unitar korxonasi tomonidan 
ekspertizadan o‘tkazilishi to‘g‘risida to‘xtalgan edik. Ushbu bobda esa, investitsiya 
loyihalari tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan taqdirda qanday ekspertiza 
qilinishi va qanday hujjatlar talab etilishi to‘g‘risida to‘xtalamiz. 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda har doim ham o‘z mablag‘lari 
hisobiga amalga oshirib bo‘lmaydi, ya‘ni o‘z mablag‘lari yetishmagan taqdirda 
qarz yoki jalb qilingan mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi.
To‘liq shakllangan, yakuniga yetgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga 
oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi: investitsiya 
g‘oyasini shakllantirish; investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish; investitsiya 
loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA); shartnoma hujjatlarini tayyorlash; 
loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash; qurilish-montaj ishlari; obyektni ishga 
tushirish va investitsiya loyihasi (iqtisodiy ko‘rsatkichlar) monitoringini olib 
borish. 
Loyiha tahlili – xarajatlar va daromadlar hamda loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan 
tavakkalchilikni tizimli baholash va ochib berish asosida loyihalarni tayyorlash, 
baholash va tanlab olish usulidir. Loyiha tahlilining katta qismi loyiha davrining 
dastlabki bosqichida, ya‘ni uni qabul qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul 
qilingungacha amalga oshiriladi.
Loyihaning daromadliligini aniqlash loyiha tahlilining vazifasi hisoblanadi. 
Daromadlilik esa loyihadan olinadigan daromad bilan unga qilingan xarajatlar 


23 
o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ya‘ni loyihaning daromadliligini aniqlash 
uchun uning barcha natijalarini aniqlash hamda loyihadan olingan daromadlar unga 
qilingan xarajatlardan ortish yoki ortmasligini hisoblab ko‘rish kerak. Chunki 
loyihani amalga oshirish uchun bugun qilinayotgan xarajatlar bilan undan 
qandaydir vaqt o‘tgandan keyin olinadigan daromadlarni bevosita solishtirib 
bo‘lmaydi.
Loyiha ekspertizasi o‘z faoliyati jarayonida o‘ta muhim va keng qamrovli 
vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar iqtisodiyotning darajasi va ko‘lami nuqtai 
nazaridan ikki guruhga bo‘linadi:
1.Makroiqtisodiyot darajasidagi (global) vazifasi.
2.Mikroiqtisodiyot darajasidagi (lokal) vazifasi.
Loyiha 
tahlilining 
makroiqtisodiyot 
darajasidagi 
vazifasi 
quyidagi 
muammolarni hal etishni ko‘zda tutadi:
- Investitsiya loyihasining umumiy samaradorligini baholash va aniqlash;
- Investitsiya bozorini shakllantirish.
Loyiha 
tahlilining 
mikroiqtisodiyot 
darajasidagi 
vazifasi 
quyidagi 
muammolarni hal etishni ko‘zda tutadi:
- Investitsiya bozorida samarali investitsiyani tanlab olishni ta‘minlash;
- Texnika-texnologiya bozorida eng ilg‘orini baholash va ishlab chiqarishga 
jalb etish;
- Moddiy-texnika ta‘minotini asoslash;
- Xom-ashyoni samarali va sifatlisini tanlab olishni asoslash;
- Mehnatni maqsadga muvofiq tarzda shakllantirishni ta‘minlash;
- Tayyor mahsulot (ish, xizmat) bozorini o‘rganish;
- Investitsiyani inflyatsiya sharoitida baholash usullarini ishlab chiqish. 
Loyihalarni texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslashda, uning barcha jihatlari 
(ya‘ni texnik, moliyaviy, tijorat jihatlari) bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni 
muqobil suratda ko‘rib chiqiladi. Bu vazifani faqat iqtisodchilarning o‘zlarigina 
uddalay olmaydilar, shu sababli loyihalarni tayyorlashning bu bosqichida turli
sohadagi mutaxassislar guruhi ishtirok etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bular:


24 
- shu tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan iqtisodchi (iloji bo‘lsa 
mutaxassislar guruhiga iqtisodchi rahbarlik qilishi kerak);
- mahsulot realizatsiya qilinadigan bozorni tahlil qiladigan mutaxassis 
(marketolog);
- mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi biladigan bir yoki bir 
necha muhandis-texnolog;
- mahsulot xususiyatlarini, uni sotishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
muammolar, xizmat ko‘rsatishni yaxshi biladigan muxandis-konstruktor;
- shunga o‘xshash ishlab chiqarishlarni barpo etish bilan shug‘ullangan 
quruvchi-muxandis; 
- shu turdagi ishlab chiqarishlarda xarajatlar hisobini yuritish bo‘yicha 
mutaxassis. 
Investitsiya loyihasining dastlabki tahlili va samaradorligini baholash 
natijalari texnik-iqtisodiy asoslashni (TIA)ni tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Texnik-iqtisodiy asoslash – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga 
muvoffiqligini ko‘rishga imkon beruvchi boshlang‘ich ma‘lumotlar, shuningdek 
asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa 
ko‘rsatkichlarni o‘zida mujjasamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to‘plami. 
Texnik-iqtisodiy asoslashni loyihaning maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan 
texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash mumkin. 
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy maqsadi 
investitsiya loyihalarining milliy valyutadagi kabi xorijiy valyutada ham 
qoplanishini aniqlash hisoblanadi. 
Investitsiya loyihasining TIAsini bajarish qarz oluvchi loyihani amalga 
oshirilishining yuridik, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari to‘g‘risidagi 
barcha ma‘lumotlarni o‘zida mujjassam etgan hujjatlar to‘plamini tayyorlashi 
lozim. Bu hujjatlar to‘plami quyidagilardan iborat: 
- qarz oluvchining moliyaviy holati va uning kreditga layoqatliligi; 
- xorijlik hamkorning ish faolligi, moliyaviy ahvoli, tashabbuskorligi; 


25 
- qarz oluvchi korxona qanday turdagi mahsulotni ishlab chiqaradi yoki ishlab 
chiqarishni rejalashtirmoqda, mazkur mahsulotlarni xaridori kimlar hisoblanadi; 
- ichki bozorda korxona ishlab chiqaradigan mahsulotning ulushi qanday va u 
jahon bozorida qanday ulushga ega, bozorning qanday sektorlarida o‘sishi yoki 
o‘zgarishlar kutilmoqda; 
- raqobatchilar tomonidan qanday risklar mavjud va mahsulot sotilishi uchun 
kim asosiy javobgar hisoblanadi; 
- qarz oluvchi korxonaning va kafolat beruvchi tashkilotning yuridik maqomi 
va tashkiliy tuzilishi qanday; 
- qarz oluvchi korxona malakali, yuqori tajribali, yetuk mutaxassis va 
ishchilarga egami, agar ular yo‘q bo‘lsa, xodimlarni o‘qitish kim tomonidan tashkil 
etilgan; 
- xorijlik hamkorlar va mutaxassislar tomonidan qanday yordamlar qancha 
vaqt mobaynida ko‘rsatilishi lozim bo‘ladi, xorijiy mutaxassislarning soni va 
darajasi, ular tomonidan ko‘rsatiladigan yordam xarajatlari qanday. 
Loyihani budjet yoki budjetdan tashqari fondlar orqali, markazlashtirilgan 
resurslar, korxonalarining o‘z mablag‘laridan to‘liq yoki qisman moliyalashtirish 
uchun TIAning tuzilishi majburiy hisoblanadi. 
TIA loyihani amalga oshirishdan oldin injener-konstruktorlik, texnologik 
qarorlarni, muqobil variantlarni amalga oshirishning aniq usulini o‘z ichiga oladi. 
Unda loyihani amalga oshirish bosqichida qabul qilingan texnologik, 
konstruktorlik, tabiatga zarar yetkazmaslik va boshqa masalalar aniqlashtiriladi, 
iqtisodiy samaradorlik, ijtimoy natijalar va loyihaning xavfsizligi (riski) to‘liq 
baholanadi. 
TIA investorga korxonaning kelgusi moliyaviy barqarorligini va to‘lovga 
layoqatliligini tasdiqlash uchun qo‘llaniladi. TIA loyihachi va buyurtmachi 
o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish 
uchun litsenziyasi bo‘lgan loyihachilar tomonidan ishlab chiqiladi. 
TIAni ishlab chiqishning boshlang‘ich bosqichida investor maqsadlar 
to‘g‘risidagi deklaratsiyani tayyorlaydi. U quyidagi ma‘lumotlardan iborat: 


26 
- investor va uning manzilgohi; 
- obyektga tavsif (nomlanishi, texnik va texnologik ma‘lumotlar, belgilangan 
faoliyatining asoslanishi); 
- obyektni qurishda mehnat va boshqa resurslarga bo‘lgan ehtiyoj (kadrlar 
soni va ularni ta‘minlash manbalarini, moddiy va xom ashyo, suv va energiya 
resurslariga bo‘lgan ehtiyoj); 
- asosiy uskunalar ro‘yxati va ularning qurilish tavsifi; 
- transport ta‘minoti; 
- ishchilar va ularning oilalarini uy-joy va ijtimoiy-maishiy tomondan 
ta‘minlash;
- loyihani moliyalashtirish manbalari; 
- qurilish muddati; 
- tayyor mahsulotdan foydalanish va boshqalar. 
Chet el mamlakatlarining tajribasini, xususan, YUNIDO (United Nations 
Industrial Development Organization) tajribasini hisobga olgan holda investitsiya 
loyihalari TIAsining taxminiy tarkibiy tuzilishini quyidagicha keltirish mumkin: 
-
loyihaning asosiy g‘oyasi va shart-sharoitlari; 
-
bozor tahlili va marketing strategiyasi; 
-
resurslar bilan ta‘minlanganlik;
-
investitsiya obyektining joylashishi joyi, qurilish maydoni va atrof-muhit;
-
loyihalashtirish va texnologiya; 
-
korxonani tashkil qilish va ustama xarajatlar; 
-
mehnat resurslari; 
-
investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonini rejalashtirish; 
-
moliyaviy tahlil va investitsiyalarni baholash; 
-
rezyume - TIAning qisqacha mazmuni. 
Ammo hozirgi zamon amaliyotida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlardan 
investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashlarini ishlab chiqishni biroz 
o‘zgacha tartibda, keng mazmunda va yuqori sifat bilan tayyorlangan bo‘lishi 
lozimligi talab qilinmoqda. Mazkur talablar asosida ishlab chiqiladigan TIAlar 


27 
quyidagi murakkab tartib va mazmunda, lekin tushunlarli, o‘zaro bog‘liq holda 
bo‘lishi lozim: 
1. Kirish. 
Ushbu bo‘limda qarz oluvchi korxona kimga tegishli va u qanday faoliyat turi 
bilan shug‘ullanishi, uning boshqarish va moliyaviy ahvoli, bozor segmenti 
qandayligi, kimlar xorijiy hamkorlari hisoblanishi, korxonani kimlar boshqarishi 
va ushbu sohada ularning boshqarish tajribasi qay darajadaligi, korxona ishchilari 
soni va tarkibi, bu korxonaning biznes-rejasi mavjudligi va uning kelgusidagi 
strategiyasi, ko‘zda tutilayotgan investitsiyalarning qanday ko‘rinishda va 
maqsadlarda ishlatilishi, loyihada yana boshqa qanday ishtirokchilar qatnashishi va 
ularning moliyaviy qo‘yilmalari qanday ko‘rinishni kasb etishi kabilar batafsil 
yoritilishi lozim. Bundan tashqari, korxonaning oxirgi ikki yillik hisobot 
ma‘lumotlari, sotish hajmi, shuningdek eksport miqdori hamda yaqin ikki-uch 
yillik rivojlanish rejasi o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. 
2. Loyihadagi operatsiyalar. 
Mazkur bo‘limda loyiha muhokamasi, uning faoliyati sohasi va mantiqiy 
ifodasi (asoslanishi), amalga oshirish chora-tadbirlari, loyihaning yangiligi yoki 
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mo‘ljallanganligi, agar ishlab chiqarishning 
kengaytirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, uning chiqaradigan mahsulotlari, quvvati, 
zaif tomonlari, kengaytirishdan ko‘zlangan maqsad va boshqalar to‘liq keltirilgan 
bo‘lishi kerak. 
3. Loyihaning afzalliklari va foydaliligi. 
Bu bo‘lim qo‘shimcha ishchi kuchini tashkil etish, ekologik ahvolni 
yaxshilash, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, qimmat yoqilg‘i importiga 
bog‘liqlikni kamaytirish, import mahsulotlari o‘rnini bosuvchi tovarlarni ishlab 
chiqarish, yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy boshqaruv tizimini tatbiq 
etish, resurslar va energiyalar sarfini tejash nuqtai nazaridan loyihaning mahalliy 
ishlab chiqarish va iqtisodiyot uchun muhimligi jihatdan samaradorligini ochib 
berish vazifasini bajaradi. 
4. Loyiha ta‘sischilari va xomiylari. 


28 
Ushbu bo‘lim mazmuni qarz beruvchi korxonaning yuridik nomlanishi 
manzili, bank rekvizitlari, telefon, fakslari, tashkil etilish vaqti, mulkchilik shakli, 
rahbarlari, xizmatchilar ro‘yxati va tajribasi, ta‘sischilar va xomiylar to‘g‘risida 
ma‘lumot, yillik tovar aylanmasi, aksiyadorlik kapitali, moliyaviy imkoniyatlari, 
ko‘zda tutilgan moliyaviy qo‘yilmalar risklari, xorijiy hamkorlarning loyihada 
ishtirok etishining mantiqiy asoslanganligi va ta‘sischilarning so‘nggi ikki yillik 
daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobot ma‘lumotlari hamda auditorlik 
firmalari xulosalari bilan ifodalanadi. 
5. Loyiha bo‘yicha bitimlar qiymati. 
Tomonlar o‘rtasida tuzilgan bitimda uning qiymati, bitim qiymatining 
asosliligi, ya‘ni xarajatlarning yer, uskuna, xodimlarni o‘qitish, qurilish-montaj 
ishlari, talab qilingan aylanma kapital va boshlang‘ich xarajatlarga bo‘linishi 
hamda ularning bahosi, xarajatlarning milliy va xorijiy valyutadagi qiymati va 
tuzilishi aks ettirilishi zarur. 
6. Loyihaning moliyalashtirish rejasi. 
Moliyalashtirish rejasida moliyalashtirishning tarkibiy tuzilishi to‘g‘risidagi 
boshlang‘ich tasavvurlar, kreditlar, loyihaning likvidligini ta‘minlash uchun kerak 
bo‘ladigan muddat va shart-sharoitlar, ya‘ni kreditlarning qaytarilishi va qo‘yilgan 
mablag‘larni qoplanishi uchun talab etiladigan vaqt va shartlar. 
7. Loyihadagi xom ashyo va boshqa xarajatlar. 
Loyiha bo‘yicha xom ashyo va materiallar xarajatlari va ularning bozori, 
resurslar bozorining joylashuvi va hajmi, xom ashyo va resurslarni yetkazib 
beruvchilar, ularning ishonchliligi va sifatli xizmati, xom ashyolarning sifati, 
milliy va xorijiy valyutadagi qiymati, ularning sifati va yetkazib berish sxemasi, 
shartlari va xarajatlari, asosiy ishlatiluvchi xom ashyolar va ularning zahiralari 
ko‘rsatilishi zarur.
8. Loyiha bo‘yicha tovar va xizmatlar. Sotish bozorlari. 
TIAning mazkur bo‘limida ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning 
raqobatbardoshligi, asosiy sifat ko‘rsatkichlari va ularning xalqaro standartlarga 
mos kelishi, mahsulotning ichki va tashqi bozorlarida harakati, bozor joylashuvi, 


29 
iste‘molchilar turlari, korxonaning bozordagi ulushi, mahsulotga bo‘lgan talabning 
o‘sishiga ta‘sir etuvchi omillar, marketing rejasi, narxni shakllantirish, reklamani 
tashkil etish va reklama xarajatlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shartlari va 
imkoniyatlari hamda yuz berishi mumkin bo‘lgan risklar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar 
bilan boyitilganligi ochib beriladi. 
9. Loyihaning tashkiliy masalalari. 
Bunda korxonaning tashkiliy sxemasi va tuzilishi, boshqaruv tizimi, 
xodimlarning loyihani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida samarali va 
ishonchli ish yuritishlarini tashkil etish uchun kerakli dasturlarga bog‘liq 
ma‘lumotlar to‘plami tahliliy asosda tashkil etilgan bo‘lishi lozim. 
10. Loyiha bo‘yicha mulk va uskunalarni sug‘urtalash. 
TIAning ushbu bo‘limida loyiha bo‘yicha barcha mulk va uskunalarni 
sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlari, muddati, shakli, summasi, 
sug‘urtalovchi tashkilot va uning faoliyati, imidji to‘g‘risida ma‘lumot, 
sug‘urtalanayotgan mulk va uskunalarning to‘liq tarkibiy elementlari va shu 
kabilar ifodalangan bo‘lishi zarur. 
11. Loyihaning atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ma‘lumotlar. 
Loyihaga bog‘liq holdagi atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari, 
obyektning joriy va tahririy holati va uning atrof-muhitga ta‘siri, atrof-muhit 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning mavjudligi, loyiha bo‘yicha atrof-muhitga salbiy 
ta‘sir ko‘rsatishlarni kamaytirish uchun qo‘llanishi ko‘zda tutilgan texnologik 
usullar, qarz oluvchining atrof-muhit bo‘yicha umumiy siyosati, baxtsiz hodisalar 
va ―fors-major‖ holatlarda atrof-muhit uchun salbiy oqibatlarni kelib chiqishi 
risklari kabilar, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining loyiha bo‘yicha 
ekspertiza xulosalari asosida hal etilgan bo‘lishi lozim. 
12. Loyiha bo‘yicha qonun va qoidalar. 
Loyihani amalga oshirish va u bo‘yicha tegishli shartnomalarni tuzishda 
mavjud qonun-qoidalarga hamda tegishli yuqori tashkilot organlarining 
ruxsatnomalariga va atrof-muhitni muhofaza qilish tartiblariga amal qilinishini 
ko‘zda tutgan holda ko‘rsatilishi. 


30 
13. Loyiha bo‘yicha texnologiya va uskuna. 
Bu bo‘limda ko‘zda tutilgan uskuna va texnologiyani olish manbasi, yetkazib 
beruvchi firma, rahbarlari ish tajribasi, telefon raqamlari, yetkazib berish shartlari 
va kafolatlari, uskuna va texnologiyalarni ishonchliligi, ularning xalqaro 
standartlarga javob berishi, bahosi, ularning tayyorligi va texnik hujjatlari, 
kadrlarni o‘qitish va ―nou-xau‖, qurilish-montaj ishlari qiymati, ehtiyot qismlar va 
tashish xarajatlari qiymati kabilar aniq ko‘rsatilishi kerak. 
14. Loyihani kreditlashda banklarning o‘rni. 
Mazkur bo‘limda loyihani amalga oshirishda uni moliyalashtiruvchi bankning 
o‘rni, bank tomonidan o‘rnatilgan shart-sharoitlar, talablar va qarz oluvchi bilan 
tuzilgan shartnomasi, kredit uchun taqdim etilgan garovlar yoki mulkning 
sug‘urtalaganligi, maslahat xizmatlari, uskunaning lizing asosida taqdim etilishi, 
ustav kapitaliga kiritilayotgan investitsiyalar qisqa, aniq va mukammal 
ma‘lumotlar to‘plami asosida tayyorlanishi lozim. 
15. Loyiha bo‘yicha kafolatlar. 
Unda kafolat turlari: mulk, uskuna, tovarlar (garov uchun), kafolat xati, 
kafillik, sug‘urtalangan kreditlar va shu kabilar ko‘rsatilishi zarur. 
16. Loyiha quvvati va uni yillar bo‘yicha uzaytirilishi. 
Bunda loyiha quvvatining nimaga asoslanib baholanganligi va ishonchliligi, 
uning yillar bo‘yicha uzaytirilish bosqichi va muddati, ishlab chiqariladigan 
mahsulotlarning sotuvchilar bilan birgalikda rejalashtirilganligi kabilar tahliliy 
asosda aks ettirilgan bo‘lishi talab etiladi. 
17. Loyihadagi tayyor mahsulotning yillar bo‘yicha sotilishi. 
TIAning mazkur bo‘limida mahsulotning ichki va tashqi bozorda sotilishi 
tarkibi va tuzilishi, ularning baholari va olinadigan tushumlar, korxonaning har yil 
oxirida qoldirilishi mo‘ljallangan tayyor mahsulot zahiralari (kunlarda), sotiladigan 
mahsulot turlari va mahsulotlarning yillar bo‘yicha sotilish hajmi rejasi ishlab 
chiqilgan bo‘lishi shart. 
18. Loyiha bo‘yicha xarajatlar. 


31 
Xarajatlar tarkibi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan 
ma‘lumotlar tarkibidan tashkil topgan holda ularning xom ashyo va materiallarga, 
ishchilar ish haqi va ijtimoiy sug‘urta va ajratmalarga, elektr energiyasi, gaz, suv 
va shu kabilarga, amortizatsiyasi ajratmalari, umum ishlab chiqarish xarajatlariga, 
zahiralarga, reklama va transport xarajatlariga hamda sotish xarajatlariga ajratilishi 
bilan yillar bo‘yicha ifodalanishi jadval ma‘lumotlari asosida bajarilishi lozim. 
19. Loyiha bo‘yicha kredit to‘lovlari va foizlarning yillar bo‘yicha hisob-
kitobi. 
Hisob-kitob ishlaridan avval kreditlash shartlarini, ya‘ni kredit taqdim etilish 
muddatini, kreditning davriyligi - qaytarilish shartlari, foizlarning qaytarilish 
shartlari va foiz stavkalari o‘zgarishini bilib olish zarur. Shu asosda loyihada 
asosiy qarzlar va ular bo‘yicha foizlarning yillar bo‘yicha davriy hisoblanishi va 
to‘lanish rejalari jadval ko‘rinishida aks ettirilishi lozim. 
20. Loyiha bo‘yicha daromadlar jadvali. 
Avvalgi hisob-kitob ma‘lumotlari asosida daromadlarning yillar bo‘yicha 
tashkil topishi rejasi jadval ma‘lumotlari orqali aks ettiriladi. Daromadlar umumiy 
holda hamda alohida mahsulot turlari bo‘yicha ichki va tashqi bozorlarda sotilishi 
hisobiga hosil qilinishi nuqtai nazaridan ham milliy, ham xorijiy valyutada aks 
ettirilishi zarur. 
21. Loyiha bo‘yicha joriy aktivlar va passivlarning, aylanma kapital (ishchi 
kapitali)ning hisob-kitobi. 
Ushbu ma‘lumotlarining barchasi jadval ko‘rinishida, umumiy holda yillar 
bo‘yicha tuzilishi lozim. Bunda ularning alohida bandlari bo‘yicha tegishli 
ma‘lumotlar tushunarli tarzda aks ettirilishi, ya‘ni kelib tushishi kutilayotgan 
tushumlar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot zahiralari, joriy aktivlar, kreditorlik 
qarzlari, joriy passivlar, sof ishchi kapitali va ularning o‘zgarishi o‘zaro bog‘liqlik 
asosida berilgan bo‘lishi shart. 
22. Loyiha bo‘yicha pul oqimi hisob-kitobi. 
Mazkur hisob-kitob yuqorida olingan ma‘lumotlar asosida amalga oshiriladi. 
Unda soliq va foizlarni to‘lagunga qadar daromadlar va amortizatsiya ajratmalari, 


32 
ishchi kapitalidagi o‘zgarishlar, faoliyat bo‘yicha pul oqimi, moliyalashtirish 
manbalari, kredit uchun asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlari, soliq 
to‘lovlari, taqsimlanmagan foyda, taqsimlash fondlari, dividendlar va sof pul oqimi 
ma‘lumotlari ketma-ketlik va tartib asosida, jadval ko‘rinishida rejalashtirilgan 
yillar bo‘yicha ishlab chiqish zarur. 
Loyihaning TIAsi yuqorida ko‘rsatilgan tartib va bo‘limlar asosida amalga 
oshirilishi loyihaning yuqori sifat darajasini ta‘minlashga xizmat qiladi va qarz 
oluvchilarga ham, qarz beruvchilarga ham muayyan iqtisodiy samaraga erishishga 
imkon beradi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin