15
izlanishlar ishining qisqa bo‘lishi bir tomondan mablag‘larning kam sarflanishiga
olib kelsa, ikkinchi tomondan nisbatan kam muddatda loyiha amalga oshirilib,
bozorga ertaroq yangi mahsulot olib chiqiladi va hech bo‘lmaganda, qisqa muddat
ichida korxona ushbu mahsuloti bilan bozorda monopol mavqega ega bo‘lishi
mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‘lgan
siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda
ekspertiza qilinishi va baholanishi lozim.
Hozirgi paytda investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish uzluksiz
jarayon bo‘lganligi sababli uni tasvirlashda kompyuter texnikasidan keng
foydalanilmoqda. Bunda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari
hamda tashqi iqtisodiy muhitni belgilovchi omillar hisobga olinib, loyihaning
matematik modeli tuziladi va shu model asosida loyihaning xarajatlar va
daromadlar oqimi aniqlanadi, samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi, ishlab
chiqarish natijalarining yillik balansi tuziladi hamda tashqi va ichki omillar ta‘siri
tahlil qilinadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda yirik ishlab chiqarish va moliya
korporatsiyalari ana shunday modellardan foydalanadilar. Shuningdek, bunday
modellardan investitsiya loyihalarini o‘rganuvchi va samaradorligini aniqlovchi
turli maslahatchi firmalar ham foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: