Inson — Yaratganning mo‘jizasi, falsafaning bosh mavzusi . Inson muammosi
falsafaning azaliy mavzularidan biridir. Odam zotining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi,
tabiat va jamiyatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyatlari to‘g‘risidagi masalalar hamma
davr fayJasuflarining diqqat markazida turgan. Fan sohasida odamning jismoniy tuzilishi, tabiiy-
biologik xususiyatlarini o‘rganish hamon davom etmoqiia. Ijtimoiy fanlarda esa shaxs kamoloti,
ijtimoiy, ma’naviy qiyofasi bilan bogliq jihatlari tadqiq qilinmoqda. Xullas, odamzod uchun o‘zi
va o‘ziga o‘xshagan boshqa kishilar, ularning xususiyatlari, jamiyatdagi o‘rni, qadri, o‘tmishi va
kelajagi bilan bog‘liq muammolar azal-azaldan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bolib
kelmoqda.
Suqrotning «O‘zligingni angla», «O‘zingni bilsang, olamni bilasan» degan hikmatli so‘zlari
har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati
mujassamlashgandir. Ulug‘ mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni «kichik olam» deb
hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir.
Umuman olganda, insonga daxldor bolmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning oglrini yengil
qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bolgan
fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.
Bu borada «Odam», «inson», «shaxs» tushunchalari qollaniladi va ularni kundalik hayotda
qariyb bir xil ma’noda ishlatish hollari uchraydi. Ammo ular orasida ilmiy jihatdan muayyan
farqlar ham yo‘q emas. «Odam» tushunchasi biologik va ijtimoiy jihatlarni o‘zida
mujassamlashtiradigan tirik jonzotga, odam zotiga nisbatan ishlatiladi. Odam zotini boshqa
jonzotlardan farq qiluvchi eng muhim belgilari ong, axloq, xulq, bilim, ijtimoiy mehnat qila olish
qobiliyati va boshqalardir. «Inson» tushunchasi esa odam zotini muayyan darajadagi ijtimoiy
xususiyatlar va jihatlarni o'zlashtirib olganligi bilan bogliq kamolot darajasini ifodalaydi.
Ijtimoiylik «shaxs» tushunchasi uchun ham asosiy xususiyatdir, ammo bunda ijtimoiy jihatdan
ma’naviy-axloqiy kamolotga yetganlik tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda inson va shaxsga nisbatan
rang-barang ta’riflarni, turli xil talqinlarni uchratish mumkin.