Jamiyat falsafasi


«Inson» tushunchasi va uning falsafiy talqini



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/45
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#166202
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Falsafa 8 mavzu

«Inson» tushunchasi va uning falsafiy talqini
. Inson avvalo tiriklikning eng oliy mo‘jizasi, 
boshqa jonzotlardan ajralib turuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida, tabiiy-tarixiy qadriyatdir. Insonni 
ontologiya /grekcha — borliq, nazariya, ta’limot/ va antropologiya /grekcha — inson, ta’limot/ 
nuqtayi nazaridan, ya’ni insonni borliqning bir qismi sifatida talqin qilish /ontologiya/ va uni 
vujudga kelishi, ijtimoiy xususiyatlarining shakllanishi bilan bogliq tadqiqotlar /antropologiya/ 
hamon davom etmoqda. Inson — tarixiy taraqqiyot jarayonida turli xislatlar, sifatlar va 
xususiyatlarga ega bolgan, ma’naviy-axloqiy jihatlarni qiyofasida aks ettirgan ijtimoiy mavjudot 
sifatida jamiyatdagi asosiy qadriyatdir. Shu bilan birga u olamga ijtimoiy munosabatda bolish
odamlar bilan muomala va aloqaga kirishish, mehnat qilish asosida moddiy va madaniy boyliklarni 
vujudga keltirish, tafakkuri, his-tuyg‘ulari, fikrlarini tili vositasida ifodalash kabi xususiyatlarga 
ega bolgan umumijtimoiy vujud hamdir.
Inson jamiyatsiz yashayolmaganidek, jamiyat ham insonsiz mavjud bolmaydi. Har qanday 
jamiyat o‘zini tashkil qilib turgan kishilar faoliyati, o‘zaro munosabati va umrguzaronligi bilan 
tirikdir. Shu ma’noda inson — har qanday jamiyat bor bolishini ta’minlab turadigan asosiy ijtimoiy 
elementdir. Bunday ta’minlab turish insonni individual — shaxsiy ishtiroki orqali, ya’ni biror 
guruh, qatlam, sinf, qavm, elat, xalq yoki millat doirasidagi faoliyati, oila va turmushdagi xatti-
harakati, amalga oshirgan ishlari, yaratgan boyliklari, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan munosabati 
orqali namoyon boladi.
Hozirgi ilmiy adabiyotlarda insonning tabiiy-ijtimoiy borligl mavjudligi tan olinadi. Bu 
borada biologik yondashuv insoniy munosabatlar me’yorlarining evolyutsion-biologik asoslariga 
e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra odamzotining shaxsga aylanishi, o‘z qadrini va o‘zgalar qadrini 
anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi. Dastlab, norasida go‘dak uchun Ona ko‘kragi, suti, allasi 


eng buyuk qadriyat bolsa, ona qolidan tushgan, Ona ko'kragidan ajralgan bola uchun esa, asta-
sekin atrof-muhit, o‘zi yashayotgan makon, o‘zga kishilar va o‘zi ham qadriyatga aylanib boradi. 
Bu davrda u o‘z shaxsiy ehtiyoji va maqsadlarini o‘ziga xos qadriyat ko‘zgusi orqali ko‘radi, 
o‘ziga kerakli va zarur narsalarni muhayyo qilishlarini ko‘proq xohlaydigan, talab qiladigan bolib 
qoladi. Bolalar hayotini ko‘pgina tadqiqotchilari kamolotning bu muhim davrida 3-6 yosh o‘z 
qadrini oshirish va shaxsini ko'proq sevish /bolalik egoizmi/ mavjud bolishini ta’minladilar.
Albatta inson ilk bolalik davrida qolib ketmaydi, ota-ona, qarindosh-urug‘, dastlabki 
o‘qituvchilar uni qadriyatlar mezonini anglashida muhim o‘rin tutadi, shu tariqa inson kamolot 
sari boradi. Bu jarayonda yetuk shaxsga aylanish imkoniyati bolgan odamzod naslining har bir 
vakili oilaviy, ma’naviy-axloqiy, milliy, ijtimoiy qadriyatlar ta’sirida tarbiyalanadi, shu bilan 
birga, shaxsiy jihatlari, qadrlanadigan sifatlari va xususiyatlari kamolotga yetib boradi. Bu 
jarayonda shaxsning o‘zi ham ijtimoiy qadriyat sifatida shakllanib, o‘z qadrini namoyon qilib 
boradi. Inson tabiati bilan bogliq bu jarayonni sotsial yondashuv tarafdorlari ijtimoiy ahamiyatga 
molik sabablar bilan tushuntiradi va insonning ijtimoiy funksional, «qandaydir genlar»ga e’tibor 
bermasdan foydalanish mumkin bolgan davlat mashinasi unsuri sifatidagi obrazini yaratadi. 
«Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuyidir» degan shior aynan ijtimoiylik inson hayoti 
substansiyasi, negizini tashkil etishini tushunish imkonini beradi.
Hozir G‘arb adabiyotlarida «mind — bodi» (aql — tana), «nature — nurture» (tabiat — 
tarbiya) muammosi muhokama qilinmoqda. Ammo asosiy muammo ko‘rsatib o‘tilgan 
mohiyatlarni mufassallashtirishda emas, balki insonning yagona obrazini yaratishdadir. Bu esa 
ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy sohalardagi bilim yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
kompleks yondashuvni taqozo etadi. Homo sapiens evolyutsiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda
oddiy biologik yoki ijtimoiy mezonlarga emas, balki biologik-ijtimoiy mezonlarga suyanish lozim.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin