ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va
jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo‘r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun
noxush odamlardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish
muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar
ekan, bunday
kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar
ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
Shaxs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bogliq tushunchalardir.
Mamlakatimizning taraqqiyot yolida paydo bolgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash
shaxsni o‘z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak g‘oyalarga sodiq bo’lib yashash va ularni jadal
amalga oshirishga undaydi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida
inson qobiliyatlari tolaroq
namoyon boladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruhlarga
ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning
eng muhim xususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko‘p
bolali
oilalar, nafaqaxo‘rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy
adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bolyapti. Kishilarning
boqimandalik kayfiyati,
tafakkur turg‘unligidan ozod bolishlari, o‘zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o‘z
bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g‘amxo‘rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik
yo‘nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni
o‘rganish va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy
fazilatlarni egallash orqali O‘zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg'unligini
ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim
vazifadir.
Falsafa tarixida inson to‘g‘risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi
yo‘nalishlar vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: