xarizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa shakldagi
shaxslar timsoli aks ettirilmoqda. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fozil va
barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda
ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar o‘z oldiga ana shunday shaxsni
shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi.
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g‘oya va milliy mafkura insonga biryoqlama
qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma’naviylikni uyqunlashtirishni taqozo etadi. Bozor
iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo‘lishini
inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mexnatsevar bo‘lishga rag‘batlantiradi.
Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o‘rnatib, saxiy va
oliximmat bo‘lishga undaydi. Antropologiya insonning ma’naviy olamiga chuqurroq kirib borish
orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan g‘oyani ilgari suradi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov ta’rifiga ko‘ra, ma’naviyat
(rux) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e’tiqodini mustaxkamlaydigan, ezgulikka undaydigan
botiniy kuchdir. Yuksak ma’naviyatda xaqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob
fazilatlari etuk shaxslar timsolida o‘z aksini topadi. Insonga xos bo‘lgan barcha xususiyatlar shaxs
faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o‘rnida, uning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko‘rinadi.
Insonni tushunishda dualizm va monizm. Odamlar o‘rtasidagi biologik va ijtimoiy
farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini tushunishga nisbatan
ikki muhim yondashuv: dualistik va monistik yondashuvlar kelib chiqadi.
Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan