ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi Sharq falsafiy an’anasiga ham
xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik
konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson
organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan
o‘zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi
. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra,
ruhiy hodisalar
qandaydir nomoddiy asosga ega, deb hisoblash uchun etarli dalillar mavjud emas,
shu sababli ruhiyat tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar
chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q.
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat biologik mavjudotmi
yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi. U,
hech shubhasiz, ham
biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o‘zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan ustunroqmi va
inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg‘in bahs-munozaralar predmetidir. Mazkur
masalalar hanuzgacha o‘zining uzil-kesil echimini topgani yo‘q, hozirda mavjud turli biologik,
psixologik va falsafiy maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
INSON TARIXNING YARATUVCHISI SIFATIDA
tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni
ta’minlaydi. U o‘z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi;
tabiat
va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat
taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi, o‘z tarixini yaratadi, uni avaylab-
asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning xar tomonlama
kamol topishi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiat va jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati,
oliy mavjudot ekani,
vorislikning davomiyligini ta’minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va targ‘ib etishi
kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi.
Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishini ruh bilan
bog‘laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo‘lgan biror-bir xususiyatga alohida urg‘u bergan
va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan.
Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor bergan va uni ezgulikni
yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan.
Vladimir Solovev insonning boshqa
mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy
kuchlarga sig‘inish kabi xususiyatlarda, deb bilgan.
Uning fikricha, inson o‘zining tuban mayllari
va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish
va muqaddas kuchlarga sig‘inish insongagina xos. Inson tabiati — g‘oyat murakkab. Unda
xayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy
ruh va ma’naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko‘taradi.
Dostları ilə paylaş: