Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga,
sotsiologizm insonning ijtimoiy
xususiyatlariga,
psixologizm esa, ma’naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga bir yoqlama
yondashishga asoslangan edi.
ODAM – odam fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan va Shular tufayli
boshqa barcha mavjudotu maxluqotdan ustun turuvchi oliy zotdir. Odam fikrining sog‘lomligi
eng avvalo, inson tafakkurining mantiqiyligini ta’minlovchi xususiyatlar – aniqlik, muayyanlik
izchillik, ziddiyatsizlik, asosli bo‘lishligiga bog‘liq.
ODAM – (arab. – po‘st, yuza qismi) fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega
bo‘lgan va Shular tufayli boshqa barcha mavjudotu maxluqotdan ustun turuvchi jonzot. Diniy
aqidaga ko‘ra, Odam (ilk inson)ni Alloh taolo tuproqdan, erni yuza qismidan yoki po‘stidan go‘zal
va mukammal qilib yaratgani, Azozilga unni ulug‘lab, ta’zim qilishni buyuribdi. Azozil esa: “Men
nurdan yaralgan bo‘lsam, bu esa tuproqdan yaratilgan bo‘lsa-yu, nega men unga ta’zim qilar
ekanman”, deb takabburlikka berilib, Allohning amrini bajarishdan bo‘yin tovlabdi. Shunda Alloh
takabburligi uchun Azozilni Shaytoni la’in deya la’natlab, jannatdan quvib yuborishga amr etibdi.
Lekin Shayton shaytonlik qilib, Allohga yolvorib so‘rabdi: “Mening makonim, maskanim
Odamning qon tomirida bo‘lsa...” Allohning dargohi keng emasmi, Shaytonning bu iltimosini
qabul etibdi. Odamzodning ba’zan shayton vasvasalariga berilib qolish hollari mana shundandir.
Odamzodning Er yuzidagi insoniy vazifasi yaxshilik qilishdir. Uning ijtimoiy mohiyati ana
shunda. Besh qo‘l baravar bo‘lmaganidek, odamlar ham har xil bo‘ladi. “Odam borki,
odamlarning naqshidur, Odam borki, hayvon undan yaxshidur” - degan xalq hikmati bejiz
aytilmagan.
Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik
jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib
turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga
xizmat qiladi.