xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Shaxs – muayan
jamiyatda yashovchi faoliyatning biror bir turi bilan shug‘ullanadigan ongli individ
ongli faoliyat – oliy psixik
funksiyalardan biri
obnubilyasiya – (lotincha «nubes» ma’nosi bulut) ongning engil darajasida buzilishi
Somnolensiya (lotincha uyquchanlik) mudroqqa o‘xshash uyquchanlik holati
koma – es-hushning batamom yo‘qolib qolishi
Shaxs
o‘zida sotsial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shaxs bo‘lib
tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo‘lib shakllanadi va rivojlanadi.
Chunki insonga xos
ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo‘l bilan o‘tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida
jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi
ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo‘ladi. Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy
tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, siyosiy g‘oya, milliy mafkura kabi omillar
ta’sirida yashaydi, ularni o‘zlashtiradi va
shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya’ni shaxs bo‘lib
shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo‘ladi. U yaratuvchan mavjudot
sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash,
yuksak
mas’uliyatni his etish, g‘oya uchun kurashish, mustahkam e’tiqodga ega bo‘lish, o‘z fikr-
mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shaxsga xos belgilardir.
Shaxsning
maqsad, g‘oya va ideallari jamiyatdagi mavjud g‘oya va mafkura bilan uzviy bog‘liq ravishda
shakllanadi. Milliy g‘oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo‘lida
hatto hayotini
qurbon qilish shaxs hayotining bosh maqsadiga aylanadi.
Shaxs
mustahkam iymon-e’tiqod, g‘oya va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, Vatan, millat
tuyg‘usi bilan yashaydigan, o‘zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir. Jamiyat o‘z
taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shaxsning muayyan tarixiy
na’munalarini yaratadi. Xar bir o‘zgargan tarixiy sharoitda shaxs mohiyatini va mazmunini
yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi.
Bugungi adabiyotlarda
Dostları ilə paylaş: