qaytaruvchi mavjudlik xos. Unda lozimlik andazasiga bo‘ysunish majburiyati yo‘q. «Men» o‘z-
o‘zi sifatida faoldir.
Insonning erkinlikka intilishi uning hozirgi talqinida o‘ziga xos tarzda saqlanib qolgan.
Insonning evolyutsiya «kvanti» sifatidagi talqini taklif qilingan. Bu inson nafaqat o‘ta faol, balki
ancha nomuayyan jonzot ekanligini anglatadi. Inson yashaydigan ma’naviy muhit kengayishi bilan
uning qiyofasi o‘zgarib boradi. Inson, rus «sobor» falsafasi an’analarida qayd etilganidek, nafaqat
shaxsiy, balki umuminsoniy hamdir. «Shaxs» tushunchasi inson o‘z harakatlari va hissiyotlarining
mas’ul subyekti sifatida amal qilishi mumkinligini, u o‘zi idrok etayotgan narsalarni anglashi va
o‘z tashabbuslarining ahamiyatini tushunishini anglatadi.
«Shaxs» tushunchasi odatda ikki xil ma’noda ta’riflanadi. Birinchi ma’noda, shaxs — inson
individi munosabatlar va ongli faoliyat subyekti sifatida namoyon boladi. Bunga lotincha persona
atamasi mos keladi. Ikkinchi ma’no, insonning ijtimoiy-psixologik qiyofasi ancha barqaror tarzda
namoyon bolishini ko‘rsatadi. Bu o‘rinda shaxs individni tavsiflovchi doimiy va muayyan ijtimoiy
ahamiyatga molik jihatlar majmuyi sifatida amal qiladi, hamisha
empirik insondan farq qiladi,
Chunki u o‘z qilmishi va qarorlarida o‘zi qabul qilgan muayyan qadriyatlar tizimiga rioya etadi.
Shaxs verbal jihatdan ham, obyektiv jihatdan ham moddiylashuvchi qadriyatlar tizimining
tashuvchisidir. Shu bois shaxs o‘zini o‘zi «yaratishi», ya’ni
ideal reja-moljalga muvofiq, o‘z
hayotini yolga qo‘yishi va shart-sharoitlarni muayyan darajada o‘ziga bo‘ysundirishi mumkin, deb
hisoblanadi.
Shaxs doim o‘zini o‘zi namoyon etishga intiladi, u o‘zgarmas va taniqlidir. Shu ma’noda,
shaxs tasodifiy tarzda namoyon bo‘luvchi sifatlar va xususiyatlar majmuyi emas, balki yaxlit va
uyg‘un jonzot, degan fikr o‘rinli.Hozirgi zamon falsafasining yo‘nalishlaridan biri — personalizm
shaxsda kishilik taraqqiyotining eng muhim yutuglni va uning asosiy ma’nosini ko‘radi. Shaxs
dunyoni o‘zlashtiruvchi o‘ziga xos betakror subyektivlikdir. U butun vujudi bilan barkamollikka
intiladi va har tomonlama uyg‘un shaxslar jamiyatida yashashga haqlidir. Shaxs kechinmalari
muqarrar tarzda u qabul qilgan qadriyatlar bilan belgilanadi. Individga esa hayot faoliyatining
instinktiv omillari ko‘proq xosdir. M.Sheler individning bunday mayllari qatoriga ochlik, jinsiy
mayl va hokimiyat instinktini kiritadi. Ammo faol inson hayotining
har bir hodisasi vital va
ma’naviy asoslar birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Individ omma vakili sifatida amal qiladi. Uning
hammaga o‘xshashligi uning muqarrar xossasidir. Bunda individning shaxssizlashuvi shu qadar
kuchli bolishi mumkinki, u nom o'rniga tartib raqami yoki ko‘rsatish olmoshi bilan «u, bu, boshqa»
deb atalishi mumkin. Industrial standartlashgan dunyoda ijtimoiy vazifa va funksiyalar individual
xulq-atvorda yol qo‘yiladigan xatti-harakatlarni ancha qattiq tartibga soladi. Tizim qabul qilingan
andazadan har qanday tarzda chetga chiqish hollari bilan murosa qila
olmasligini ochiq-oydin
namoyish etadi. Raqobatga asoslangan bozor munosabatlari sharoitida «ishlab chiqarish —
ayirboshlash — iste’mol» tizimiga mukkasidan ketgan odam o'zi ham tovarga — yaxshi narxga
pullash mumkin bolgan tashqi sifatlar majmuyiga aylanadi. Narx baland bolishi uchun esa qabul
qilingan andazaga rioya etish va Erix Fromm ta’biri bilan aytganda, «chiroyli o‘ram»ga ega,
xushchaqchaq, soglom, izzattalab va faol bolishi kerak. Buni bugungi sportchilar, ayniqsa mashhur
futbolchilar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Ronaldu, Messi, Neymar kabi
futbolchilarning bir necha yuz million dollarga, boshqa futbolchilarning esa bir necha o‘n million
dollarga baholanishi bugungi kunda hech kimni ajablantirmaydi. Xullas, odamzod tarixida qachon
«inson», «shaxs», «individuallik» tushunchalari paydo bolgani bahsli masaladir. Bu masalaning
Sharq va G‘arbda o‘ziga
xos talqinlari mavjud bolib, ular ko‘p hollarda insonga xos muayyan
xususiyatni ustuvor deb bilish asosida shakllangan. Ushbu talqinlarni hozirgi zamon nuqtayi
nazaridan o‘rganish inson borligl masalasining
tarixi uzoq ekanini, bugungi kunda ham uning
falsafiy nazariyalar uchun qiziqarli ekanini anglab olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: