________________________________________________________________ "Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru ko‘ra o‘zgarib borgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida
yodgorlik
Toshkent, Qozon shaharlarida litografiya asosida bir necha marta nashr
qilingan. Asarning to‘la matnli ilk marta rus turkshunos olimi N. I. Ilminskiy
tomonidan 1859 yili Qozon shahrida e’lon qilingan. Bu nashr nisbatan keyinroq
ko‘chirilgan nusxaga asoslangan bo‘lib, til jihatdan asl nusxadan ancha farq qiladi.
Ayniqsa, ushbu asar milliy kitobatimiz tarixining durdonasi ekanligi bilan
ham katta ahamiyatga ega.
Nosiruddin Burxonuddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari
Mustaqilligimiz sharofati va bir guruh olimlarimizning sa’y-harakati bilan kitob
javonlarimizdan o‘rin oldi. Oyatlar, hadislar, arabiy she’rlarni hozirgi o‘zbek tiliga
filologiya fanlari nomzodi Yusufxon Shokirov tarjima qilgan. Biroq, ushbu
asarning tili juda murakkab bo‘lib, bugungi kitobxonning tushinishi juda qiyin.
Shuning uchun ushbu kitobni qadimiy turkiy tildan bugungi zamonaviy o‘zbek
tiliga o‘girib, barcha kitobxonga tushunarli bo‘lishiga intildik. Zero, oradan yetti
asrlik davr o‘tgan. Turkiy adabiy tillar, turkiy tilda bunyod etilgan yozma manbalar
shakllanish va rivojlanishning murakkab bosqichlarini bosib o‘tgan. Undagi
insonlarni bir-birlariga jabr – zulm qilmay, nohaq qon to‘kmay, harom – xarish
ishlarga berilmay, sharm-hayoni e’zozlab yashashga undovchi o‘g‘it va hikmatlari
navro‘zi olam kabi bugungi kunda ham o‘z mohiyatini yo‘qotgan emas. Asarda
e’tiqod va iymonga sodiqlik, pok axloqning hirsu hasad, qonxo‘rlik, badnafslik
ustidan g‘alabasi tasvirlanadi. Qadimiy turkiy so‘z san’atining go‘zal va g‘aroyib
obidasida payg‘ambarlar hayoti Sharqning donishmandligi ila go‘zal afsona va
rivoyatlar orqali aks etgan. Masalan, Rabg‘uziy Ilyos payg‘ambarning hayotini
tasvirlaganida shunday suhbatni keltiradi:
Sen Jalil tog‘ida turgan Ilyosmisan?- so‘radi Armala. Bale, – javob qildi Ilyos. Men sen aytayotgan so‘z uchun uch yuz yetmish payg‘ambarni o‘ldirdim. Ularning yetakchisi sensan. Men seni o‘ldi deb hisoblayman. Sen o‘z oyoqing bilan o‘limga kelding . Demak, Rabg‘uziy o‘z
asarida ta’kidlashicha, Ilyos payg‘ambar bilan zamondosh uch yuz yetmish
payg‘ambar bo‘lgan.