________________________________________________________________ "Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru Bu ikkala kitobda yigirma to‘qqiz nafar payg‘ambar va tarixiy shaxslar
haqida alohida qissalar mavjud bo‘lib, ularning hayoti, faoliyati hadislar, sharqona
rivoyatu hikmatlar orqali juda qiziqarli ifoda etilgan. Qur’oni karimdan oyatlar
keltirilishi asarning qadri va qiymatini oshirgan. Ikkinchi kitobning o‘zida yetti
yuzga yaqin oyatu hadislardan misollar keltiriladi. Shuningdek, rivoyatlar va
hikmatlar orqali farishtalar bilan parilarning, obidlar bilan zohidlarning farqi
nimadaligi, Ya’juj bilan Ma’juj haqidagi axborotlar asosli va g‘oyat go‘zal
ifodasini topgan. Mis, simob, temir, oltin kabi kimyoviy elementlarning kashf
etilishi, ishlatilishi ham ushbu soha egalarini, kimyogarlarni qiziqtirishi tabiiy.
Kimyoviy elementlarning kitobdagi ifodasi ota-bobolarimiz azal-azaldan ilm-u
fanga juda qiziqqanligini o‘zida aks ettiradi. Tabiiyki, asar tilida mavjud bo‘lgan
so‘zlarning ayrimlari bugungi kitobxon uchun tushunarsiz. Vaqt o‘tishi, turli
ijtimoiy-siyosiy voqealarning sodir bo‘lishi natijasida turkiydagi ba’zi so‘zlar o‘z
umrini yashab bo‘lgan va iste’moldan chiqib ketgan. Masalan: ud, uy-sigir; to‘ra –
qonun-qoida; uv – uy, joy kabi so‘zlar. Shu bilan bir qatorda hayot sinovlariga
bardosh bergan va bugungi kunda ham tilimizda faol qo‘llanilayotgan juda ko‘p
so‘zlar Rabg‘uziy yozib qoldirgan bebaho durdonaning har bir satrida uchraydi.
Masalan
, tishi-xotin so‘zi respublikamizdagi ba’zi viloyatlarning shevasida hali
ham ishlatiladi.
Tangmoq-o‘ramoq; navmid-umidsiz, noumid; iya-ega, sohib; xarbuz-tarvuz; chanoq-yog‘och idish, tovoq; og‘-to‘r, tuzoq; daf(dap)-doira; sichak (secha) – chumchuk; ovuch-kaft, hovuch; kirpich – g‘isht; ashoq-past; avlo- yaxshiroq, afzalroq; kezik(gazik)-navbat; qo‘ndog‘lab-yo‘rgaklab; yurtug‘ (yirtiq kiyim – kechak)-teshik; o‘kcha-tovon; amurd (almurd)-nok; buz-muz .
Xorazm shevasida bu so‘zlar bugun ham aynan shu ma’noda ishlatiladi.
Ko‘kilamoq-rashk qilmok; yozilamoq-yozilmoq; bag‘irsoq-rahmdil, oq ko‘ngil;
isurmoq-mast, kayf. Bu so‘zlar ham hozir ko‘pgina shevalarda ishlatiladi.
Shuningdek, o‘z mazmun – mohiyatidan biroz uzoqlashgan so‘zlar ham mavjud.
“Bodiya” so‘zi asarda-cho‘l, dasht, sahro, biyobon ma’nosida ishlatilgan.
Xorazmda palov yeydigan maxsus idishni
bodiya deb yuritishadi. Asarda
“arig‘” so‘zi pokiza, sof ma’nosida ishlatilgan. Xorazmda bugun bu so‘z ozg‘in, nimjon