O‘zbekistonning eng yangi tarixi


O‘zbekistonlik jangchilarning II jahon urushi janggohlaridagi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix20.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#166411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
660tarixLazizbek

 
O‘zbekistonlik jangchilarning II jahon urushi janggohlaridagi 
jasoratlari 


Ko‘pchiligi uchun o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanidan ancha uzoqda bo‘lgan 
ikkkinchi jahon urushi jang maydonlarida o‘zbekistonlik jangchilar yovuz 
dushmangan qarshi kurash olib borib tillarda doston bo‘ladigan 
qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. 
Ma’lumotlarga ko‘ra ikkinchi jahon urushiga O‘zbekistondan 1 mln 
433.230 kishi safarbar etilgan. Bu urushga yaroqli aholining 50-60 foizini 
tashkil etardi. Bu urushda mamlakatimiz o‘g‘lonlarining fashist 
bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashida ularning matonati va 
yengilmasligini butun jahonga namoyish etgan bir qancha jang 
maydonlari bo‘lgan. Ana shunday jang maydonlaridan biri Brest qal’asi 
edi. Bu qal’ani ko‘p sonli fashist gazandalarining bir oy davomida quturib 
qilgan xujumlaridan mrdonavor himoya qilib, pirovardida barcha halok 
bo‘lgan jangchilar ichida bir necha o‘zbek o‘g‘lonlari ham bor edilar. 
Bulardan biri serjant Doniyor Abdullayev edi. U dushmanning qal’aga 
qilgan hujumlaridan birida 4 nemisni o‘ldirib o‘zi ham halok bo‘ladi. Brest 
qal’asini himoya qilishda o‘zlarining jasorati bilan dong taratgan 
O‘zbekistonlik jangchilar haqida gap ketganda T.Aliyev, Isayev, 
Yusupov, T.Xidirov, N.Sodiqov, A.Abdullayev va boshqa nomlarni 
alohida tilga olmoq kerak bo‘ladi.O‘zbekistonlik jangchilar , uning qurolli 
kuchlari og‘ir kechgan Kiyev, Smolensk, Odessa, Sevastopol va boshqa 
ko‘plab shaharlarning himoyalarida, bu shaharlar ostonalarida kechgan 
tarixiy janglarda ishtirok etdilar. 


Moskva ostonalarida uni himoya qilish uchun olib borgan janglarda I.V 
Panfilov qumondonligi ostidagi 8 gvardiyachi diviziya jangchilari 
qahramonlik namunalarini ko‘rsatib jang qildilar. Bu diviziya 
Qozog‘istonda tashkil qilingan bo‘lib uning sostavida 
Toshkent
dagi 
piyoda qo‘shinlar bilim yurtida ta’lim olgan 180 dan ortiq ofiserlar bor 
edi. 
Moskva
 
himoyasida ko‘rsatgan xizmati uchun Oliy Bosh 
Qumondonlik tomonidan Qizil bayroq ordeni bilan mukofotlangan bu 
diviziya jangchilari orasida o‘zbek o‘g‘lonlari Zarif Ibragimov, Ikrom 
Jalilov, Mamadali Madaminov va boshqalar bor 
edilar. 
Moskva
 
ostonalaridagi jangda juda ko‘plab O‘zbekistonlik 
jangchilar generallar N.A. Belov va L.M. Dovatorlar qumondonlik qilgan 
otliq korpuslarida mardlik namunalarini ko‘rsatib jang qildilar. 
Mamlakatimizning o‘sha vaqtdagi poytaxti 
Moskva
 ostonalaridagi ikkinchi 
jahon urushining eng qattiq janglarida o‘zbek o‘g‘lonlari bilan bir qatorda 
o‘zbek ayollari ham qatnashib o‘z jasoratlarini namoyon etdilar. 
Ana shunday o‘zbek ayollaridan biri Zebo 
G‘aniyeva 
Moskva
 
ostonalaridagi janglarda bir o‘zi 28 ta fashistni yer 
tishlatdi. Ko‘rsatgan bu jasorati uchun u Qizil Bayroq ordeni va Snayper 
belgisi bilan mukofotlandi. 
Umuman 
Moskva
 
ostonalarida, uni himoya qilish janglarida ko‘rsatgan 
jasoratlari uchun O‘zbekistonlik jangchilardan 1753 kishi «Moskva 
mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandilar. 
O‘zbekistonlik jangchilar 1942 yilning yozidan 1943 yil bahorigacha 
Stalingrad ostonalarida bo‘lib o‘tgan janglarda ajoyib mardlik 
namunalarini ko‘rsatdilar. 
Snayperchi Abdujabbor Aliqulov 13 gitlerchini, yana bir snayperchi 
o‘zbek ug‘loni Xo‘jamatov 117 ta pulemyotchi Xamro Ochilov esa 1500 
fashistni qirib tashlaydilar. 
Stalingrad ostonalaridagi janglarda jasoratlari uchun 2788 O‘zbekistonlik 
jangchilar «Stalingrad mudofaasi uchun» medali bilan taqdirlandilar. 
O‘zbekistonlik jangchilar ikkinchi jahon urushining Kursk –Oryol-
Belgorod, Leningrad, Kavkaz, Boltiqbo‘yi shaharlari, Polsha, 
Chexoslovakiya, Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviyada bo‘lib o‘tgan 


shiddatli janglarda faol ishtirok etdilar. Faqat 1944 yilda Qizil Armiyaning 
dushmanga qarshi olib borgan umumiy xujumi davrida O‘zbekistonlik 
jangchilardan 78 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi 
xolos... 
O‘zbekistonlik jangchilardan 1706 kishi «Berlin olingani uchun» medali 
bilan mukofotlandi. Yurtimiz o‘g‘lonlari 
Yaponiya
ni tor-mor etishga 
qaratilgan janglarda ham aktiv ishtirok etdilar. Ana shu ishtiroki 6770 
jangchilarimizga SSSR ordeni va medallari topshirildi.2 jahon urushi 
fronti jang maydonlarida o‘zbek o‘g‘lonlaridan Sobir Rahimov, Ahmadjon 
Shukurov, Qo‘chqor Turdiyev, Vois Ergashev, Mamadali Topiboldiyev, 
Abdusalom Dehqonboyev, Tojiali Boboyev, Ostonaqul Shokirov, Elboy 
Qoraboyev va boshqa yuzlab mardu maydonlar jang maydonlaridagi 
ko‘rsatgan jasoratlari uchun «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoniga ega 
bulib yurtimiz d
ovrug‘ini ulug‘ladilar.1939-45 yillarda bo‘lib o‘tgan bu 
urushda O‘zbekistonlik jangchilardan 120 ming kishi SSSR ning turli 
orden va medallari bilan taqdirlandi. Shulardan 300 dan ortiq kishiga 
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.Shunday qilib ikkinchi jahon 
urushi yillarida O‘zbekiston mehnatkashlari, o‘zbekning mard o‘g‘il-qizlari 
front orqasida, shuningdek urushning dahshatli jang maydonlarida 
mehnat va jangovarlik jasoratlarini ko‘rsatib sovet xalqining bu urushda 
erishgan umumiy g‘alabasiga o‘zining salmoqli ulushini qo‘shdi.
4.
Oʻzbekiston SSR siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fevralda 
Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi oliy organi 
– OʻzSSR Oliy Soveti (1937-yildan) hamda 
ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi 
– OʻzSSR Ministrlar Soveti 
(1946-yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari 
– 2,5 
yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, 
qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi 
Kommunistik partiyas
i (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi – Oʻzbekiston 
Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida 
boʻlgan. OʻzKP (b) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, 
bosmachilik va mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik 
industrlas
htirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini 
kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan. 
Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi 
organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda 


tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib 
boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli 
edi. 
Mehnat ahlining eng ommaviy tashkiloti 
– kasaba uyushmalari ham 
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin