129
(«disput» so‗zining lug‗aviy ma‘nosi - «fikrlayapman», «tortishayapman», degan
ma‘noni bildiradi). Kichik guruhda olib boriladigan munozaralarda asosiy narsa -
guruh a‘zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har birining o‗z fikr
mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday
guruhda boshlovchi ham qatorda o‗tirib, mavzuning yechimini batamom hal
bo‗lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo‗lishi mumkin. Lekin asosiy
rol guruhning a‘zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy
lider asosiy bahs yurituvchi bo‗lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday
guruhglar turli sharoitda ko‗pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda
(masalan, sinfda, talabalar auditoriyalarida, ish xonalarida va b.k.) o‗tkazilsa,
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Agar baxlashuvchilar guruhi odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30
kishigacha) bo‗lsa, unda munozarani uyushtirishning o‗ziga xos tomoni bor. Bu
xolda bahs guruhi shartli ravishda uchga bo‗linadi. Birinchi guruh -
Dostları ilə paylaş: