XULOSA O`zbekiston Respublikasining ―Ta`lim to`g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖da har tomonlama etuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning
mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos,
barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb
vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu bois,
talabalarni hozirgi zamon talabi ruhida tarbiyalash, olingan nazariy bilimlarni
amaliyotda qo`llash, ko`nikma, malakalarini shakllantirishga qaratilgan ko`pgina
ta`lim-tarbiya vositalari, uslubiy shakl yo`riqlari mavjud. Jumladan, bu borada
talabalarni hayotga tayyorlashda ko`p asrlar davomida qo`llanilgan usullar,
vositalar, tadbir shakllari, urf-odatlar va an`analar, g‘oyalar, hayotiy tajribalardan
iborat namunalar majmuasidir.
Darslikda mualliflar kasbiy faoliyat psixologiyasi talablari asosida faoliyat
yuritish zarurligi bilan tanishtirish, kasbiy faoliyat psixologiyasi elementlari,
faoliyatda ularni qo`llay bilish, kasbning ta`lim - tarbiya jarayoniga ta`sir
ko`rsatishi, psixologik muloqot funktsiyalari, tuzilmasi va turlari, psixologik
texnika elementlari, uni egallash yo`llari, kasbiy faoliyat psixologiyasining
mazmuni, mohiyati, undan foydalanish, yo`l qo`yiladigan ba`zi kamchiliklar ustida
ishlash, kasbiy faoliyat psixologiyaning qiyosiy tahlili, psixologik ta`sir ko`rsatish
usullari xususida fikr yuritdilar. Talabalarning faoliyatida nazariy – metodologik
asoslar, mazmun, funktsiya, ularning vazifalari, kasbni boshqarishda pedagogning
pedagogic faoliyatni egalashidagi psixologik muammolarni aniqlab, kamchiliklarni
bartaraf etish yo`llari aniq dalillar asosida yoritildi.
Maqsadimiz – talabalarga, xususan, pedagogik ma`lumoti bo`lmagan bakalavr
yoki diplomli mutaxassis darajasidagi, ta`lim tizimida faoliyat olib borayotgan
kadrlar, faoliyatini endigina boshlagan kimyoviy texnologiya yo`nalishi faoliyatiga
tayyorlanayotgan talabalarga kasbiy faoliyat psixologiyasi talablari asosida faoliyat
yuritish haqida ma`lumot berishdan iborat.
Ushbu darslikda kamchiliklar, hali qiyomiga etmagan fikrlar bo`lishi
mumkin. Shu sababdan sizning fikr-mulohazalaringizni kutamiz va keyingi
nashrlarda, ularni albatta inobatga olamiz.