Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatla-
riga quyidagilar kiradi:
1)
universal tusga ega (ya’ni inson huquqlari va barcha asosiy erkinliklari
hurmat qilinadi);
2)
umum qabul qilingan (ya’ni barcha davlatlarda rioya qilinadi);
3)
irqi, jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’i nazar hammaga ta’sir qiladi;
4)
qonunlarda ushbu masala yuzasidan milliy modellarni ishlab chiqish
uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi.
«2017–2021-YILLARDA O‘ZBEKISTONNI
RIVOJLANTIRISHNING BESHTA USTUVOR YO‘NALISHI
BO‘YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI» TASHQI
SIYOSATDA
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017−2021 yillarda O‘zbekis-
tonni rivojlantirish harakatlar strategiyasida ustuvor yo‘nalishlardan biri —
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, O‘zbekis-
ton Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini
muhofaza qilishga alohida e’tibor beradi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini tako-
millashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib ha-
rakatlarni tashkil etish; fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda
totuvlikni mustahkamlash; davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash,
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
16
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekolo-
gik muammolarning oldini olish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bar-
taraf etish tizimini takomillashtirish ushbu sohaning asosiy yo‘nalishlari sifati-
da tayinlandi.
Bilimingizni sinang!
1.
Zamonaviy xalqaro huquq normalarining xususiyatlarini sanab
o‘ting.
2.
Xalqaro munosabatlar qanday prinsiplar asosida quriladi?
3.
Xalqaro huquqning manbalarini ayting.
4.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari qanday
qonunlar bilan tartibga solinadi?
5.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsipla-
rini sanab o‘ting.
6.
Xalqaro shaxsiy huquqning xalqaro ommaviy huquqdan farqi-
ni tushuntiring.
7.
Qanday me’yoriy hujjatlar xorijiy fuqarolar va ular birlashma-
larining boshqa davlatda bo‘lishi tartibi haqidagi qoidalarni o‘z
ichiga oladi?
8.
«2017–2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta
ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi»da tashqi
siyosatning qanday choralari nazarda tutilgan?
|