O‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun BMT oltita bosh
organdan iborat o‘z tuzilmasiga ega.
Bosh Assambleya
BMTning eng vakolatli organi hisoblanadi. Uning
ishida 193 mamlakat qatnashadi, ular har yili global
tusdagi 150 dan ortiq masalani muhokama etishadi.
Xavfsizlik Kengashi
5 ta davlatdan (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Bri-
taniya, Fransiya) va 2 yil muddatga saylanadigan 10
ta doimiy bo‘lmagan qatnashchilardan tarkib topgan.
Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikni saqlash
masalalarini ko‘rib chiqadi.
Iqtisodiy va
Ijtimoiy Kengash
BMTga a’zo 54 davlatdan iborat, sotsial-iqtisodiy
masalalarni ko‘rib chiqadi.
Vasiylik Kengashi
sobiq mustamlaka kolonial yerlarning o‘z yo‘nalishini
aniqlashiga yordamlashadigan kuzatuv organi.
Xalqaro Sud
15 sudyadan iborat bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi
nizolarni ko‘rib chiqadi, shuningdek xalqaro
muammolar bo‘yicha konsultativ xulosalar beradi.
Kotibiyat
BMT Bosh Kotibi tomonidan boshqariladi va BMT
ma’muriy organi hisoblanadi.
19
Topshiriq.
Betinim vujudga kelayotgan harbiy to‘qnashuvlarga o‘z
munosabatingizni bildiring. Sizningcha, davlatlar o‘rtasida
doimo katta va kichik urushlar bo‘lishiga sabab nima?
BMT shtab kvartirasi. Nyu-York
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixidan
BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR (sobiq), AQSh,
Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi ken-
gashida 1943-yilda qabul qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda tuzil-
gan. 24-oktabr har yili BMT Kuni sifatida nishonlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi esa San-Fransis-
ko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilingan. Ustavga dastlab
51 davlat imzo chekkan, bugungi kunga kelib a’zolar soni 193
mamlakatga yetdi.
O‘zbekiston BMT a’zoligiga 1992-yil 2-martda qabul qilindi.
BMT bosh idorasi Nyu-Yorkda (AQSh) joylashgan.
|