32
fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog‘liq eng asosiy ijtimoiy munosabat-
lar tizimi konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi va aynan shu muno-
sabatlar zamirida konstitutsiyaviy tuzum asoslari vujudga keladi, shakllanadi
va rivojlanadi.
Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O‘zbekiston Respublikasining konsti-
tutsiyaviy tuzumi deb keng ma’noda konstitutsiya va qonunlar asosida quril-
gan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalqimizning hayot tarzi
tushuniladi.
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va er-
kinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning
kabi qoidalar bugungi kunda
Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko‘plab huquq tarmoqla-
ridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy
huquq» atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq
bir tarmog‘i, bunda «konstitutsiyaviy huquq» huquqning ko‘plab xilma-xil tar-
moqlaridan biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama «konsti-
tutsiyaviy huquq»ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib
beradi. Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan
o‘quv predmeti tushuniladi.
Huquqning tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik mu-
nosabatlarini tartibga soladi. Fan sifatida davlat qurilishi, shaxs va fuqaro-
ning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o‘rga-
nadi. O‘quv predmeti sifatida esa ma’rifatchilik vazifasini bajaradi va sohada
to‘plangan bilimlarni tarqatadi.
Dostları ilə paylaş: