Bilimingizni sinang!
9.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qachon qabul
qilingan va uning mohiyati nimadan iborat?
10.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida inson
huquqlari bo‘yicha qanday hujjatlar ishlab chiqilgan?
11.
Inson huquqlari bo‘yicha qanday hujjatlar Yevropa Ken-
gashida yetakchi hisoblanadi?
12.
Yevropa komissiyasi va Yevropa sudi nima maqsadda tu-
zilgan?
13.
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkin-
liklari bo‘yicha ichki davlat mexanizmi bo‘g‘inlarini sa-
nab o‘ting.
14.
O‘zbekiston Respublikasidagi inson huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha qanday qo‘shimcha milliy muassasalarni
bilasiz?
15.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qanday
huquq va majburiyatlarga ega?
28
II-BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
ASOSLARI
6-§. DAVLATDA QONUNNING USTUVORLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI —
MAMLAKATNING ASOSIY QONUNI
Konstitutsiya har bir davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Uning norma-
lari nafaqat davlat qurilishi, davlat hukumati va boshqaruvini tashkil qilish ta-
moyillarini, shu bilan birga ijtimoiy hayot normalarini ham tartibga soladi.
Konstitutsiyada mustahkamlangan qoidalar yuridik asosni hosil qila-
di, unga tayangan holda huquqning boshqa barcha tarmoqlari — fuqarolik,
moliyaviy, jinoiy, mehnat va boshqalarning normalari yaratiladi. Barcha
me’yoriy-huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar va hokazolar)
Konstitutsiyaga asoslanadi. U barcha qonun hujjatlarining asosiy manbayi
hisoblanadi.
|