27
XORIJIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN
SHAXSLAR HUQUQLARI
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
— hech bir davlatning fuqarosi maqomi-
ga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar (apatrid) deyiladi. Fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar to‘la huquqli fuqarolar hisoblanmasa ham,
ushbu shaxslar ularni qa-
bul qilgan mamlakatning amaldagi qonunlariga bo‘ysunishlari shart. Fuqaroli-
gi bo‘lmagan shaxslar barcha inson huquqlariga egadirlar, lekin to‘la
huquqli
fuqarolarning asosiy imtiyozlaridan foydalana olmaydilar. O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 23-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hudu-
dida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini
huquqiy himoya qilishi va
ularga homiylik ko‘rsatishi kafolatlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga mu-
vofiq ta’minlanadi. Shu bilan birga, ular O‘zbekiston Respublikasining Konsti-
tutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarini
ado etadilar.
Dostları ilə paylaş: