37
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-av-
gustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab
mamlakatimizda jinoiy jazolashning o‘limga mahkum etish turi
bekor qilindi.
Konstitutsiyamiz insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqlarini
qat’iy belgilabgina qolmay, uning sha’ni va obro‘yini ham muhofaza etadi.
Fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi mamlakat gullab-yashnashi-
ga zamin yaratadi va demokratik davlat qurilishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari butun tizimining poydevoridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan
insonparvarlik prinsiplariga ko‘ra, xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xiz-
mat qilmoqda, inson haq-huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta’minla-
moqda. Bu esa xalqaro huquqning umume’tirof etilgan, umumjahon miqyosida
tan olingan barcha muhim qoidalari va prinsiplariga to‘la mos keladi.
Dostları ilə paylaş: