V. А. Kostetskiy


JAHONNING HUQUQIY XARITASI



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/104
tarix20.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#166505
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
10 sinf huquq tahrirlangan

JAHONNING HUQUQIY XARITASI 
 
Hozirgi dunyoda rang-barang huquq tizimlarini uchratish mumkin. Zero, 
har bir davlat o‘zining milliy huquq tizimini barpo etadi. Ularning har biri o‘z 
xususiyatlari bilan ajralib turadi, lekin shu bilan birga ular ko‘pgina umumiy 
jihatlarga ham egadir. 


14 
«Davlat va huquq asoslari» fanida turli huquq tizimlarini ularning 
o‘xshashligiga qarab yagona «huquqiy oila»ga birlashtirish qabul qilingan. 
Roman-german yoki kontinental «huquqiy oila» 
(Germaniya, Fran- 
siya, Ispaniya, Italiya va boshqalar) sudlarning qonun yaratish huquqini tan 
olmaydi. U sudlarning qonun chiqaruvchiga aylanishiga qarshi. Shuning 
uchun asosiy huquq manbayi sifatida u faqat qonunni, konstitutsiyaga va 
qonunga asosan qabul qilingan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarnigina 
e’tirof etadi. 
Ingliz-Amerika «huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi 
(AQSh, Kanada, Avstriya, Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqa- 
lar) kontinental «huquqiy oila»dan farq qilib, asosiy huquq manbayi sifatida 
qonunni emas, balki sud pretsedentini, ya’ni sud qarorida mavjud bо‘lgan 
qoidani e’tirof etadi. 
Diniy-an’anaviy «huquqiy oila» 
(Yaponiya, Hindiston, Xitoy va hokazo) 
asosiy huquq manbayi sifatida diniy qoidalarni e’tirof etadi. 
Garchi ushbu «huquqiy oilalar» bir holda faqat qonunlarga, boshqa hol- 
da — pretsedentlarga, ya’ni sud qarorlariga, uchinchi holda diniy-huquqiy 
me’yorlarga asoslansa-da, hayot ularga nisbatan shunday talablarni qo‘yadiki, 
ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Shuning uchun «huquqiy oilalar» qonun- 
larini sud pretsedenti qoidalari bilan, diniy-huquqiy me’yorlarni esa qonun 
va kodekslar bilan ancha moslashuvchan holda biriktiradi. Mazkur hodisalar 
davlat qonunlarni yaratar ekan, hayot talablari bilan hisoblashishga majburli- 
gi va shartligini isbotlaydi. 
Наr qanday jamiyatda va davlatda huquq tizimi obyektiv ravishda yaratila- 
di, zero, birorta qonun chiqaruvchi buni shaxsiy xohishi va ixtiyori bilan amal- 
ga oshira olmaydi. Bunday o‘zboshimchalikni hayotning o‘zi rad etadi. 
Huquq kishilar foydasi uchun xizmat qilishga da’vat etilgani sababli, uning 
tizimi qonun tomonidan hayotda haqiqatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy muno- 
sabatlarga bog‘liq holda quriladi. 
Qo‘llanilayotgan huquq normalari ommaviy tartibga, ya’ni mazkur 
huquqiy tizimning umumiy prinsiplariga zid kelgan ba’zi hollarda xalqaro 
huquqni qo‘llash cheklanadi. Bu qoida ommaviy tartib haqidagi qo‘shimcha 
shart deb nomlanadi. 


15 
Tashqi savdo bitimlaridan (masalan, xorijiy element bilan oldi-sotdi 
shartnomasidan) kelib chiqadigan majburiyatlarni yanada samarali ijro etish 
uchun xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar — bunday shartnomalar tomonlari- 
ning huquqiy maqomini aniqlash zarurati vujudga keladi. Ularga nisbatan odat- 
da quyidagi tartib turlari qo‘llaniladi: 

milliy tartib, bunda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy 
maqomi o‘z fuqarolari va yuridik shaxslari maqomiga tenglashtiriladi; 

eng katta qulaylik tug‘dirish tartibi, bunda qonunlar orqali turli xorijiy 
davlatlar rezidentlarining huquqiy holati uchun o‘xshash huquqiy holat 
belgilanadi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin