Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


-mavzu: Zamonaviy antivirus dasturiy vositalari va ularning imkoniyatlari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix20.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#166518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
kiberxavfsizlik 3

3-mavzu: Zamonaviy antivirus dasturiy vositalari va ularning imkoniyatlari. 
Kompyuter viruslari. Kompyuter viruslarini sinflarga ajratishKompyuter viruslari 
bugungi kunda ko'pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga 
solmoqda.Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni 
o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, 
chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab 
chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga 
tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi 
sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000 dan ortiq virus 
dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga 
zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi.
Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan 
alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, 
ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga 
tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi 
yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.
Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. 
Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n uchinchi 
juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning chap 
burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni 
yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab 
sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin.
Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega. Zararlangan 
dasturni ko'rish chog'ida virus dasturi tuzatilgan dastur ichiga "suqilib" kirib oladi va 
o'zini namoyon etmaydi. Shunga o'xshash pokistoncha viruslar (Brain Ashet) ham 
zararlangan kompyuterlarda o'z "faoliyatini" ayyorlarcha olib boradi. Keng tarqalgan 


viruslarni ikki guruhga bo'lish mumkin: -fayllar uchun (SOM, YeXE va DLL ni 
zararlaydi); -Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR 
(Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi. Tarmoqqa zarar 
keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi 
barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng "taniqlisi" Morrisa nomlisidir. 
1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga 
zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin