71
banklarining majburiy zaxira ajratmalari summasini Markaziy bank
ularning balansidan olib qo`yadi. AQSHda va Evropada majburiy
zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining balansida qoladi.
Pul
agregatlari, ularga tavsifnoma va pulni tartibga solish
amaliyoti va unga ta`sir qiluvchi omillar.
Pul muomalasi qonuni
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli
– pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo`lgan barcha
ijtimoiy tuzumlarga xosdir. Qiymat shakllari va
pul muomalasi
taraqqiyot yo`lini
tahlil qilayotib, K. Marks pul muomalasining
qonunini ochdi. Bu qonunga asosan muomala vositasi funksiyasini
amalga oshirish uchun kerak bo`lgan pul miqdori aniqlanadi.
Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali
tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan.
Agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan
xazinaga oqib o`tishi kuzatilgan yoki aksincha.
Shunday qilib,
muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan.
Keyinchalik, muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar
(oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning
ortiqcha miqdori bo`lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga
almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar (xazina biletlari)
amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga
asosan amalga oshadi.
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo`lgan
oltin
pullarning nazariy miqdoriga teng bo`lganda pul muomalasida hech
qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko`rsatilgan talab
pulning barqarorligini ta`minlaydi, shuningdek, pul muomalasi
mavjud bo`lgan barcha ijtimoiy tuzumlarda o`z kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning
narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy
aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga
asosan muomala uchun zarur
bo`lgan pul miqdorini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Realizatsiya
qilinadigan
tovarlar narxi
summasi
Dostları ilə paylaş: