—
Kreditga sotilgan
tovarlar narxi
summasi
нархи суммаси
Majburiyatlar
bo’yicha to’lovlar
summasi
+
Bir-birini
qoplaydigan
to’lovlar summasi.
—
Pulning muomala va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi.
72
SHunday qilib, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga
ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo`lgan turli xil
omillar ta`sir ko`rsatadi. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga
ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil – bu tovarlar va xizmatlar bahosi
hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to`g’ri
proporsional, ya`ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi
muomalaga ko`p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir
qiluvchi ikkinchi omil – bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu
omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez
aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab
qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun
quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste`mol
kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa, shuncha
kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi;
– naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;
– pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan
holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi
pul barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan
pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni
inflyatsiya bo`lishiga yoki pul tanqisligiga (yetishmovchiligiga) olib
kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-
sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni
xo`jalikning pulga bo`lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga
borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko`proq uchraydigan hol
bu aylanmada xo`jalikka kerak bo`lganidan ko`proq pulning
bo`lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga – pul birligi xarid
qobiliyatining tushishiga olib keladi.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o`lchash imkoniyatini
beruvchi ko`rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul
agregatlaridan keng foydalaniladi:
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan
muomalaga chiqarilgan ya`ni emissiya qilingan barcha naqd pullar
summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning
qoldig’i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank
amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
73
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo`l cheklari.
Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2
hisoblashda summasi uncha katta bo`lmagan muddatli va jamg’arma
depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit
sertifikatlari + jamg’arma sertifikati.
M4 (L- AQSHda) = M3 + davlatning qisqa muddatli
obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar +
bank aktseptlari + pul bozori o`zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko`ra Markaziy bank pul
agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o`sishini e`tiborga
olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o`sishi
mavsumiy omillar ta`sisirida bo`ladi. Shuning uchun pul massasining
yillik o`sish sur`atlarini nazorat qilish lozim. Pul muomalasining
muhim ko`rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo`jalik
aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat
muassasalariga tegishli xarid va to`lov vositalarining yalpi hajmini
o`zida ifodalaydi.
Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri
uchun miqdoriy o`zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi
hajmi va o`sish sur`atlarini tartibga solish bo`yicha tadbirlarni ishlab
chiqarish uchun turli xil ko`rsatkichlar ( pul agregatlari) dan
foydalaniladi.
Sanoati
rivojlangan
mamlakatlarning
moliya
statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari
to`plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar)
va joriy bank schyotlaridagi mablag’larni o`z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va
jamg’arma qo`yilmalaridan (to`rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o`z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit
muassasalaridagi jamg’arma qo`yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining
depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSH da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati,
Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Fransiyada – ikkita pul
agregatidan foydalaniladi.
74
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank
tomonidan to`g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-
kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo`llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa
schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo`yilmalar schyotlari, akkreditiv
va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba,
uyush-malari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat
sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag’lar
ti-jorat banklariga qo`yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab qilib
olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli
qo`yilmalardan iborat;
M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va
davlat zayom obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo`lish
mumkin, ya`ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag’larining
xo`jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish
bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg’ar-madagi pullar
va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi
mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning
aktsiyalarini o`z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari
«kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar
bo`lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |