Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
4.4.Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash 
uslublari. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”.
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro 
iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti 
(1931-1933) 
Irving Fisher
(1867-1947) pullarning miqdoriy 
nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo`shdi. U «Pullarning 
xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va kredit, foizlar va 
tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar 
narxlari darajasi o`rtasidagi bog’liqlikni formallashtirishga harakat 
qilgan. Tovarlar uchun to`langan pullar soni va sotilgan tovarlar 
narxlari summasi teng bo`lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan 
o`xshatmoqchi bo`ladi.


78 
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula 
shaklida tasavvur etish mumkin: 
M V = 

PQ, 
bunda: 

– (Expenditure) – pul muomalasining umumiy hajmi, 
ya`ni mazkur jamiyatda shu yil davomida tovarlarni sotib olish uchun 
sarflanadigan pullar summasi; M (Money) – ushbu jamiyatda yil 
davomida muomalada yurgan pullarning o`rtacha miqdori;
M
PQ
V

=
(Velocity) – ne`matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining 
o`rtacha soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har 
qanday alohida tovarning o`rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – 
tovarlarning jami xarid qilingan soni. 
Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to`g’ri 
bo`lmaydi, chunki u pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. 
Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog’oz pullar muomala qiladigan 
sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi. Bunday sharoitda pul 
massasining o`zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq 
elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma`lum ma`noda 
ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta`sir ko`rsatadi. 
Boshqa neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka 
asoslanadi va o`z xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va 
narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo`qotgan jamiyatga tegishli deb 
biladi. 
Ko`pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir 
xillik, ya`ni 
MV=PQ
sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu 
tenglama D – T ayirboshlash harakatini tovarlarning jami massasiga 
daxldor deb ifodalashga urinadi, ya`ni tovarlar sotib olingan pullar 
summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga teng (bir xil). Bu 
tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi narxlarning 
umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi. 
Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash 
formulasi mutloq kattalikni EQ
o
ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va 
taklif mexanizmi undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi). 
I.Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal 
qilishgan. Ular pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish 
darajasi (Q) muomalada yurgan pullar miqdoriga (M) va narxlar 
darajasiga (P) bog’liq bo`lmasligini asoslashga urinishgan. Ular 


79 
pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi va 
hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo) 
parametrlarga bog’liq bo`ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish 
darajasi esa asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-
sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va muomalada yurgan 
pullar soniga bog’liq bo`lmaydi. Shubhasiz, bozor xo`jaligi 
hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus 
kasb etadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin