Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 K.Marksning muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
4.5. K.Marksning muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini 
aniqlash formulasi.
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli 
- pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha 
ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi 
taraqqiyot yo`lini tahlil qilayotib, K.Marks pul muomalasining 
qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funksiyasini 
amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi. Metallik 
pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning 
xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj 
kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib 
o`tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul 
miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga 
banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga 
erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo`lishini 
inkor etadi. 
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki 
qog’oz har (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi 
pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi. 
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo`lgan oltin 
pullarning miqdoriga teng bo`lganda pul muomalasida hech qanday 
salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko`rsatilgan talab pulning 
barqarorligini ta`minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo`lgan 
barcha ijtimoiy formatsiyalarda o`z kuchiga ega. 
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning 
narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks 
ettiradi
.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga 
ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo`lgan turli xil 
omillar ta`sir ko`rsatadi. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdoriga 


80 
ta`sir ko`rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi 
hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri 
proporsional, ya`ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi 
muomalaga ko`p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir 
qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu 
omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda pul qanchalik tez 
aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab 
qilinadi va aksincha. 
Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini boshqarishda shu 
muhim omillarga alohida e`tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur 
bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga 
oshirish muhimdir.
Bular:
- iste`mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar 
sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi; 
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi; 
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan 
xolda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi 
pul barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan 
pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya`ni 
inflyatsiya bo`lishiga, yoki pul ocharchiligiga (yetishmovchiligiga) 
olib kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-
sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni: 
Xo’jalikning pulga bo`lgan ehtiyoji va amadda pullarning 
muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko`prok 
uchraydigan hol bu oborotda xo’jalikka kerak bo`lganidan ko`proq 
pulning bo`lishidir. Bu albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul 
biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin