O’zbekiston Respublikasi Xalq


О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan biologik bilimlar minimumi



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

4.О‘quvchilar о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan biologik bilimlar minimumi. 
О‘simlik 
organizmining 
tuzilishi, 
hujayra, 
tо‘qimalar, organlar. 
О‘simliklarning hayot faoliyati: ildiz va barg orqali oziqlanishi, nafas olishi, 
о‘sishi va rivojlanishi. Kо‘payish. О‘simliklarning turli tumanligi: suv о‘tlar, 
yо‘sinlar, qirqbо‘g‘imlar, qirqquloqlar, ochiq urug‘lilar, yopiq urug‘lilar, yopiq 
urug‘lilarning sinflari, oilalari, о‘simliklar qoplami. О‘simliklarning tabiat va inson 
hayotidagi ahamiyati. О‘simliklarni muhofaza qilish. Hayvon organizmining 
tuzilishi. Hujayra, tо‘qimalari, organlar sistemasi. Hayot faoliyatining jarayonlari: 
oziqlanish, nafas olish, moddalar xarakatlanishi, ayirish, о‘sish, rivojlanish va 
ularni boshqarish. Kо‘payish. Xayvonlarning hatti harakati - reflekslar, instinktlar. 
Xayvonlarning turli tumanligi. Ularning sistematikasi: bir hujayralilar, kо‘p 


63 
hujayralilar (kovak ichlilar, yassi, yumaloq, xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar, 
bо‘g‘imoyoqlilar, xordalilar). Bо‘g‘imoyoqlilar va xordali xayvonlarning sinflari, 
turkumlari, ularning tabiat va inson hayotida tutgan о‘rni. Xayvonlarni muhofaza 
qilish. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Odamning xayvonot sistemasidagi 
tutgan о‘rni.
Odam va xayvonlar tana tuzilishidagi о‘xshashlik va tafovutlar. Odam va 
uning paydo bо‘lishi. Ijtimoiy va tabiiy muhitga odamning moslanishi. Odamdagi 
organlar sistemasi, ularning tuzilishi va funksiyasi. Odam hayot faoliyatini neyro-
gumoral boshqarilishi. Odamning oliy nerv faoliyati. Odamdagi yuqumli 
kasalliklar, ulardan saqlanish yо‘llari. Spid va undan saqlanish. Normal turmush 
kechirishga yordam beruvchi omillar. 
Hayotning tuzilish darajalari: molekula, hujayra, organizm populyatsiya – 
tur biogeostenoz, biosfera. Hayotning xujayrasiz shakllari. Prokariot va eukariot 
hujayralar. Hujayra - tiriklikning tuzilish, funksional, genetik birligi. Hujayraning 
kimyoviy tarkibi. Anorganik va organik moddalar, ularning hujayradagi roli. 
Hujayra tuzilishi. Yadro. Xromosomalar. DNK irsiy axborotni tashuvchi ekanligi. 
Hujayra organoidlarining tuzilishi va funksiyasi. Oqsillar biosintezi. Hujayra. 
Moddalar va energiyaning almashinuvi. Fotosintez uning tabiatdagi roli. 
Hujayraning bо‘linishi. Jinssiz va jinsiy kо‘payish. Urug‘lanish. Organizmlarning 
individual rivojlanishi. Irsiyat va о‘zgaruvchanlik. Genlar va belgilar. Genetik 
atamalar va simvollar. Genetik metodlari. Mendel, Morganlarning irsiyat 
qonunlari. О‘zgaruvchanlik. Irsiylanmaydigan va irsiylanadigan о‘zgaruvchanlik. 
Mutagenlar va ularning organizmlarga ta’siri. Genetikaning tibbiyot va 
seleksiyadagi ahamiyati. Odamlardagi irsiy kasalliklar ularning oldini olish. 
Seleksiya metodlari. Genetik injeneriya va uning metodlari. Genetik injeneriyaga 
asoslangan biotexnologiY.
Evolyustion g‘oyalarning paydo bо‘lish tarixi. Evolyustion ta’limot. 
Evolyustiyani 
isbotlovchi 
fan 
dalillari. 
Mikro 
va 
makro 
evolyustiY. 
Evolyustiyaning boshlanish birligi va omillari. Tabiiy tanlanish - evolyustiyaning 
yо‘naltiruvchi omili ekanligi. Biologik progress va biologik regres. 


64 
Organizmlarning muhitga moslanishi va uning xillari. Tirik tabiatga xos belgilar. 
Hayotning paydo bо‘lishi tо‘g‘risidagi farazlar. Yerda organik olamning 
rivojlanishini 
asosiy 
bosqichlari. 
Ekologik 
omillar. 
Ekosistemalar. 
Ekosistemalardagi modda va energiyaning aylanishi. Ekosistema dinamikasi. 
Agroekosistemalar. Biosfera. Biomassa. Biosfera haqidagi V.I.Vernadskiy 
ta’limoti. Odamning biosferaga ta’siri. Biosfera evolyustiyasi. Noosfera.
Shundan kо‘rinib turibdiki, о‘rta maktabda biologiya ta’limi politexnik 
xarakterga ega bо‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy foydali hamda unumli 
mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu aloqa fermer xо‘jaliklarida, 
kо‘kalamzorlashtirishda, yangi foydali qazilmalarni, о‘simliklarni qidirib topishda, 
dorivor о‘simliklar tо‘plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga 
oshiriladi. Bu nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq 
xо‘jaligi bilan bog‘liq maktab о‘quvchilariga kasb tanlashlariga imkon beradi. 
Biologiyani о‘rganish mehnatga muhabbat va hurmatni, mehnatni 
insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining manbai sifatida e’tirof 
etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabda biologiya kursini 
о‘rganishni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilganda u maktabni tamomlab chiqqandan keyin 
ham mustaqil ravishda ma’lumot olish yо‘li bilan bilimlarni tinmay yangilab 
borish ehtiyojini tug‘diradi va rivojlantiradi. 
Hozirgi zamon kishisi hayotining tirik tabiat tо‘g‘risidagi ilmiy bilimlarsiz 
tasavvur etib bо‘lmaydi, chunki uning hayoti о‘simliklar va hayvonot olami bilan 
butkul bog‘langan. Lekin о‘simliklar – Yerda organik xom ashyo va energiya olish 
manbaidir. Hayvonot dunyosi о‘z navbatida turli xil oziq - ovqat va sanoat xom 
ashyosining manbai bо‘lib xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona 
foydalanish va ularni kо‘paytirish xalq va davlat farovonligini yuqoriga kо‘tarish 
uchun xizmat qiladi. 
Tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan biologik ta’lim, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashga 
imkon beradi. О‘quvchilar, biologik ta’lim olaturib, tabiat faktlari va hodisalarini 
о‘zaro bog‘lanishda, xarakat, о‘zgarish va rivojlanish holatida tushunishga 
о‘rganadilar. 


65 
Biologik ta’lim kо‘p jihatdan yosh avlodni estetik tarbiyalashga yordam 
beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning rivojlanishiga shu qadar ulkan darajada 
tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatadiki, pedagogning ta’siri u bilan tenglasha olmaydi. 
Biologiyani о‘rganishda estetik tarbiyaga barcha о‘quv tarbiya jarayonining uzviy 
qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok qilish estetik qabul qilish va xissiyotlarni о‘z 
ichiga oladi. Biologik ta’lim insonning qalbi va qalbiga ijobiy ta’sir qilish uchun 
hamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan 
kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan estetik tarbiya berish 
yosh avlodning umumiy estetik tarbiyasiga kо‘maklashadi. 
Tabiatni sevish – katta va murakkab tuyg‘udir. U yuksak qalb va qalb 
doiralarini qamrab oladi va odamning ongli ma’naviy hayotining asosiy tomonini 
tashkil etadi. Bu tuyg‘u kо‘p jihatdan vatanparvarlik xislariga mos keladi. Jonajon 
tabiatga bо‘lgan muhabbat bilan birga yosh avlodga jonajon о‘lkaga, jonajon 
mamlakatga о‘yilgan mehr о‘sadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida tug‘iladi. 
Ulg‘ayish va yetuklik mehru muhabbatni xis etib olishga olib keladi va uni 
mustahkamlaydi. Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga tо‘g‘ri munosabatda 
bо‘lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiatning 
chiroyini idrok etishdan tashqari uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini о‘z 
qо‘llari bilan yaratish va kо‘paytirishga о‘rgatadi. Bularning barchasiga biologik 
qonuniyatlarni chuqur va ongli ravishda о‘zlashtirgandagina erishish mumkin. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin