O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

 
 


142 
Ekskursiyani о‘tkazish usuli. 
Biologiyadan ekskursiya о‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Ekskursiya о‘qituvchini kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda ekskursiya 
mavzusi, maqsadi va о‘tkazish tartibi tushuntiriladi. Keyin о‘quvchilar guruhlarga 
bо‘linib, ularning har biriga mustaqil ish tо‘g‘risida tegishli topshiriq beriladi. 
Ekskursiya 
jihozlari 
о‘quvchilarga 
javobgarligi 
tayinlangan 
holda 
taqsimlanadi.Maktabda ekskursiya joyiga borish har xil bо‘lishi mumkin. 
Transport harakati kо‘p bо‘lgan shaharlar va qishloq kо‘chalaridan о‘quvchilar 
tashkiliy ravishda borishlari ma’qul. Dala kо‘chalari va sо‘qmoq yerlardan erkin 
holda yurishga ruhsat beriladi. Ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya joyidagi 
obektlarni о‘rganishdir. Bunda avvalo ekskursiya joyining xarakteri (bog‘, park, 
dala, о‘tloq, suv havzasi, qir va xokazo) aniqlanadi.
О‘quvchilar 
e’tibori 
tabiatning jumladan о‘simlik va xayvonlarning mavsumiy xolati va har joyning 
о‘ziga xos gо‘zalligiga estetik tomonlarga qaratiladi. 
Ekskursiya joyidagi obektlar 2 xil usul: Illyustratsiya va mustaqil ishlar 
tashkil qilish usuli bilan о‘rganiladi. Illyustratsiya usuli – о‘qituvchining 
ekskursiya joyidagi obektlarni frontal ravishda kо‘rsatish tushuntirib berishni 
nazarda tutadi. Bunda о‘qituvchi о‘simlik va hayvonlarni, ularning ayrim 
qismlarini, hayot xodisalarini izchillik bilan birma-bir kо‘rsatib, о‘quv materialini 
tushuntiradi, ayrim masalalar esa suhbat yо‘li bilan hal qilinadi. 
Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli – bilan о‘rganadilar 
о‘quvchilar mо‘ljallangan о‘simlik yoki hayvonni mustaqil о‘rganiladilar, material 
yig‘adilar. Bu ishlar yuzasidan о‘quvchilar tegishli topshiriq olgan bо‘lishlari 
kerak. Topshiriq aniq, qisqa va о‘quvchilar uddalay oladigan bо‘lishi kerak. Bu 
topshiriqlar quyidagicha bо‘lishi mumkin: 
1.Ekskursiya davomida о‘quvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular 
daftarga о‘zlari olib borgan kuzatish natijalarini о‘rganilgan va yig‘ilgan о‘simlik 
yoki xayvonning nomlari, xarakterli belgilari va xususiyatlari, qanday sharoitda 
uchragani, hamda boshqa tafsilotlarni yozib boradilar. 


143 
2.Ekskursiya obektlarini о‘rganish oxirida mashg‘ulotga dastlabki yakun 
yasaladi, bunda о‘rganilgan о‘quv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish 
bо‘yicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi tо‘g‘risida zveno (gruppa) 
boshliqlarining axborotlari tinglanadi, о‘kuvchilar faoliyatidagi ijobiy va salbiy 
tomonlar qayd qilinadi. 
3.Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda о‘quvchilar 
mavzuga bevosita aloqador bо‘lmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin. 
Bunday xollarda qanday yо‘l tutish kerak? Agar har qanday savollarga tо‘liq javob 
beriladigan bо‘lsa, asosiy mavzudan chekinishga tо‘g‘ri keladi. Javob qisqa va 
aniq bо‘lsin. 
4.Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida bо‘ladi; ekskursiyaning 
yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda bо‘lmog‘i lozim. О‘qituvchi 
ekskursiyaning tamom bо‘lganligi tо‘g‘risida e’lon qiladi. Eng yaxshisi, 
ekskursiyani maktabga qaytib kelgandan keyin tugallangani ma’qul. 
5.Ekskursiyadan yig‘ib kelingan materiallar ularni kelgusida о‘rganish uchun 
tartibga solinadi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin