139
20-§ EKSKURSIYALAR
Ekskursiya lotincha “Excursio” - “sayr etish” degan sо‘zdan olingan bо‘lib,
vistavka, korxona yoki tabiatning diqqatga sazovor joylariga
kollektiv ravishda
uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi. Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya
esa sinf yoki о‘quvchilar gruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir
formasi bо‘lib, “о‘rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida
yoki sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya” deyiladi. Oddiy
qilib aytganda – ochiq havoda dars о‘tishga aytiladi. Biologik ekskursiyalar
sinfdan tashqarida:
tabiatda, qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarish obektlarida va
boshqa joylarda (botanika bog‘i, zoovistavka, muzey,
ilmiy-tadqiqot muassasalari
kabilarda) о‘tkaziladigan о‘quv xarakteridagi mashg‘ulotdir. Ekskursiyalar asosan
bahorda va kuzda botanika, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida о‘tkaziladigan
biologik ekskursiyalar dastur materialini о‘rganish va mustahkamlashga
bag‘ishlanadi. Ular maktab dasturida kо‘rsatilgan va о‘quvchilar uchun
majburiydir.
Tirik tabiat obektlarini va
xodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda
о‘rganish imkoniyatini beradi. О‘quvchilar о‘rganilayotgan о‘simlik va hayvonni
ularning yashash sharoitida kо‘radilar. Organizm tuzilishi
va hayot faoliyatining
yashash muhitiga moslanuvchanligini yaqqol payqab oladilar. О‘quvchilarning
bilimini kengaytiradi va mustahkamlaydi. О‘quvchilar о‘simliklar va hayvonlarni
tabiiy muhitda о‘simliklarni tuproqqa, hayvonlarni esa, о‘simliklarga bog‘liq holda
kо‘radilar va о‘quvchilarning tabiatni о‘rganishda bо‘lgan qiziqishlarini
kuchaytiradi. Qishloq xо‘jaligi,
ishlab chiqarish, tajriba stansiyalari, mevazor,
kо‘chatzor kabi joylarga uyushtirilgan ekskursiyalar о‘quvchilarda ishlab
chiqarishning turli sohalariga nisbatan zо‘r qiziqish uyg‘otadi. Biologik ekskursiya
jarayonida о‘quvchilar biologik bilimlarning amalda qanday qо‘llanilayotganligini
bilib oladilar. Bunday ekskursiyalar о‘quvchilarning kasb tanlashlarida ham ijobiy
ta’sir kо‘rsatadi.
140
Quyidagi ekskursiyaning tarbiyaviy ahamiyati.
Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir:
1.О‘quvchilarda ongli intizom;
2.О‘rtoqlik va dо‘stlik;
3.Tashabbuskorlik va havaskorlik xislatlari tarbiyalanadi.
4.Ekskursiyalar о‘qituvchini о‘kuvchilar
bilan yaqinlashtiradi, unga о‘z
о‘quvchilarini yaxshiroq bilib olish, (sinf sharoitida namoyon bо‘lmagan о‘kuvchi
xususiyatlarini aniqlash) imkoniyatini beradi.
5.О‘quvchilarda tetik va sog‘lom tuyg‘ularni vujudga keltiradi bu esa
о‘rganilayotgan о‘quv materialining oson va puxta о‘zlashtirib olishini
ta’minlaydi.
6. Ekskursiyalarda о‘quvchilar estetik xarakterdagi tuyg‘ularni xis qiladilar.
7.Tabiat gо‘zalligini bevosita
xis qilish shu tabiatga, Vatanga nisbatan
muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Ekskursiya davomida kelgusi dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda
foydalanish uchun har xil tabiiy materiallar: о‘simlik va hayvonlar, ularning ayrim
qismlari (urug‘, ildiz, barg, ildizmeva, ildizpoya, tugunak, poya,
mollyuska
chig‘anoqlari, qush patlari, hayvon suyaklari) yig‘iladi. О‘quvchilar tirik va tabiiy
obektlarni yig‘ish va rasmiylashtirish (gerbariylashtirish, kolleksiyalash,
preparatlashtirish) kо‘nikmalarini hosil qilib boradilar.
Dostları ilə paylaş: