156
3. Zoologiya fanidan ayrim о‘quvchilar
bilan tashkil etiladigan
mashg‘ulotlar?
4. Odam va uning salomatligi fanidan ayrim о‘quvchilar bilan tashkil
etiladigan mashg‘ulotlar?
22-§ MAKTABDA BIOLOGIYA XONASINI TASHKIL ETISH
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2008 yillarda maktab
ta’limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi
farmoyishda maktablarni о‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi,
darsliklar va о‘quv uslubiy materiallar bilan ta’minlash zarurligi kо‘rsatilgan.
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash
orqali о‘quvchilarda DTS talablariga monand holda bilimlarni shaklantirish,
kо‘nikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy yordam kо‘rsatish
uchun biologiya xonasini zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Biologiya
xonasi uchun yо‘lakka yaqin joylashgan oxirgi xonani tanlash maqsadga muvofiq
bо‘ladi. Chunki bu joylarda tabiat muzeyi, kо‘rgazmalar tashkil etish mumkin.
Biologiya xonasi 2 ta: dars olib boriladigan о‘quv xonasi, 2 laboratoriya hamda
tarik tabiat burchagi xonalaridan iborat bо‘lishi kerak.
Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi biologiya о‘qituvchisi
zimmasiga yuklatiladi. Biologiya xonasi qо‘yidagi asosiy
vazifalarni bajarishga
yо‘naltirilgan:
Ta’limning samaradorligi oshirish maqsadida о‘quv jarayonini tashkil
etishda kerak bо‘ladigan jihozlar bilan ta’minlash;
dars va о‘quv jarayonining boshqa shakllarida о‘qitishning texnik
vositalaridan foydalanish;
O‘quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EXM ning
nazorat dasturlaridan foydalanish;
biologiya bо‘yicha sinf va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarni
olib borishda
kerak bо‘ladigan jihozlar bilan ta’minlash;
О‘quv xonasi о‘rtacha 70 m
2
atrofida bо‘lishi kerak.
Laboratoriya xonasi 35-40m
2
bо‘lishi kerak.
157
Biologiya о‘quv xonasi quyidagilar zarur bо‘lgan mebel va maxsus jihozlar
bilan jihozlanadi: doska, о‘qituvchi stloi va stuli, namoyish stoli, о‘quvchilar
uchun parta va stul, preparat va mulyaj saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya
xonasini bezatishda predmetning etika va estetik
talablariga ahamiyat berish
kerak. Xonada о‘simlik va hayvonot dunyosining evolyusion rivojlanish tarixini,
kо‘zga kо‘ringan biologlarning portretlari qо‘yilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish va
kuzatishlar о‘tkazishda, jadvallar, videofilm diapozitivlarini о‘z vaqtida namoyish
qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig‘ib olishga
moslashgan bо‘lishi kerak. Bu о‘z navbatida о‘quv qurollarini muayyan tizimda
saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez topish
va tayyorlashga imkon
beradi. Bularning hammasi о‘quvchilarda о‘quv mehnatini tashkil qiish
madaniyatini tarbiyalaydi. Laboratoriya xonasi biologiya xonasining ajralmas
tarkibiy qismidir. Unda asosan о‘quv-kо‘rgazma qurollar, asboblar, idishlar, ya’ni
о‘qitish jarayonini tashkil etishga kerak bо‘lgan barcha qо‘llanmalar saqlanadi.
Audio va videokassetalar, videodisklar,
didaktik materiallar, labaratoriya va
amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun yо‘riqnoma berish hamda kо‘rsatmalarni
hammasi ma’lum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga
kiritiladi. Bulardan tashqari laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar о‘tkazish
uchun zarur materiallar tayyorlanadi, kо‘rgazmalar ta’mirlanadi. Stolda jо‘mrakli
suv krani bо‘ladi. Undan idishlarni yuvishda foydalaniladi.
Biologiya о‘qitish xonasi, labaratoriya xonasidan tashqari,
tirik tabiat
burchagini tashkil qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik о‘simlik va
hayvonlarni saqlash, ular ustida tajribalar о‘tkazish hamda darslarda namoyish
qilish uchungina emas, balki darslardan va sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun
foydalidir. Tirik tabiat burchagini imkon darajasida biologiya xonasining
yaqinidagi fayeyda tashkil qilish mumkin. Maxsus joyni tashkil etishda tirik
organizmlarni saqlash va joylashtirish, biologik talablarga mos kelishini e’tiborga
olish kerak.
158
Saqlanayotgan har bir о‘simlik va hayvon oldiga pasport qо‘yiladi. Bu
tanishish imkoniyatini beradi, hamda tajriba va nazorat obektlari ustida о‘lchash va
ma’lumotlarni yozib borish bilan kuzatishlarga imkon beradi, tirik tabiat burchagi
о‘quvchilarda о‘simliklar va hayvonlarni parvarishlash bо‘yicha
mehnat
madaniyatni tarbiyalaydi: ijtimoiy-tashkiliy kо‘nikmalar va ijtimoiy- maktab
mulkiga extiyotkorlik munosabati о‘simlik va hayvonlarni parvarishlash orqali
ularni asrash, kо‘paytirish hislarini tarkib toptirishga yordam beradi.
Umumta’lim maktablarida biologik ta’limning samaradorligi ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil etish shakllari bо‘lgan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar,
ekskursiyalarni talab darajasida о‘tkazishga bog‘liq. Mazkur mashg‘ulotlarni talab
darajasida
tashkil etilishi, avvalo biologiya о‘quv xonasi, lobaratoriya, tirik tabiat
burchaklarini tо‘liq jihozlashga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: