145
21-§ SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR
Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim
samaradorligini yanada
oshirish, o’quvchi yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish,
ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb – hunarga yo’naltirish orqali
mustaqil hayotga tayyorlash, intellektual barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida
shu bilan birga “ Xalq ta’limi tizimiga boshqarishning
yangi tamoyillarini joriy
etish chora tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018
– yil 5 – sentyabrdagi
PQ-3931 –sonli qarorining uchinchi bandida
maktabdan
tashqari ta’limni rivojlantirish bo’yicha asosiy vazifalar ko’rsatilgan bo’lib, yosh
avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli
o’tkazishni ta’minlash muhim masala ekanligi ta’kidlangan.
(Xalq ta’limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risidagi
PQ-3931-sonli qaror 2018- y 05. 08.)
Shu bois, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar о‘quvchilarning о‘qituvchi
rahbarligida biologiya о‘quv dasturidan о‘rin olgan mavzularni kengaytirish va
tо‘ldirish maqsadiga yо‘g‘rilgan darsdan tashqari о‘tkaziladigan ixtiyoriy о‘qitish
shaklidir.
О‘quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam о‘zlashtirishlariga
erishish, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari, kо‘rgazmali vositalar yordamida mustaqil
ishlarini
tashkil etish, belgilangan mavzular bо‘yicha kuzatish va tajribalar
о‘tkazish, о‘quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni о‘zlashtirishga bо‘lgan
ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish, ularning
ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish,
ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yо‘llash, о‘quvchilarning ongi va qalbiga
milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, о‘qishni unumli jismoniy va aqliy mehnat
bilan
uzviy bog‘lash maqsadida umumiy biologiyadan sinfdan tashkari mashg‘ulotlar
о‘tkaziladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning uch xil turi mavjud:
146
Ayrim о‘quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg‘ulotlar
О‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar.
О‘quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar.
Yuqorida qayd etilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turlari bir-biri bilan
uzviy bog‘langan, bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi.
11-jadval
Sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarning turi
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning mazmuni
Ayrim
о‘quvchilar
bilan
yakka tartibda olib
boriladigan
mashg‘ulotlar
Biologiyadan qо‘shimcha о‘quv
adabiyotlarini
о‘rganish, EHMning ta’lim beruvchi, modellashtirilgan,
nazorat dasturlari yordamida bilimlarini sinab kо‘rish,
multimedialar vositasida ijodiy izlanishlarini tashkil
etish,
maktab
tajriba
maydonchalarida
tirik
organizmlardagi mavsumiy о‘zgarishlar, belgilarning
irsiylanishini о‘rganish maqsadida kuzatish va
tajribalar о‘tkazish, turli mavzularda ma’ruzalar va
kо‘rgazmali materiallar tayyorlash.
О‘quvchilar
guruhi
bilan
olib
boriladigan
mashg‘ulotlar
5-6 sinflarda “Yosh botaniklar”, 7-sinfda “Yosh
zoologlar”, 8-sinfda “Yosh fiziologlar” va 9-11
sinflarda“Yosh biologlar” tо‘garagini tashkil etish
О‘quvchilar bilan
ommaviy ravishda olib
boriladigan
mashg‘ulotlar.
Turli
mavzulardagi
kechalar,
bayramlar,
ma’ruzalar, “О‘tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorinalar,
“Kо‘kalamzorlashtirish haftaligi”, “Bog‘ haftaligi”
“Hosil bayrami” о‘tkazish
Ayrim о‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
ularning xohish, istagi, ehtiyoji va qiziqishlari hisobga olingan holda biologiya
о‘quv xonasida,
tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonida, informatika
147
xonasida, jamoa va fermer xо‘jaligi dalalarida о‘tkazilishi mumkin. Ushbu
mashg‘ulotlar о‘quvchilarning qо‘shimcha о‘quv adabiyotlarini о‘rganish,
ijodiy
izlanishlarini tashkil etish, sinov - tajriba maydonlarida muayyan mavzular
bо‘yicha kuzatish va tajribalar о‘tkazish, ma’ruzalar va kо‘rgazmali materiallarni
tayyorlash kabilarga bag‘ishlanadi.
Jumladan, botanikadan ayrim о‘quvchilar bilan tashkil etiladigan
mashg‘ulotlarda quyidagi masalalarni о‘rganish mumkin.
О‘quvchilar о‘zlarining
hohish irodasi, qiziqishlariga muvofiq holda, ushbu
mavzularning birini tanlab oladi va о‘qituvchi bilan hamkorlikda tuzilgan reja
asosida ish olib boradi. Olib borilayotgan ishlar va ularning
natijalarini biologiya
о‘qituvchisi nazorat qilib boradi.
Dostları ilə paylaş: