Barqaror tiklanish yo’lida – Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida pandemiyaga qarshi kurash



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#167044
  1   2   3   4   5   6
Toward-a-Resilient-Recovery-Battling-the-Pandemic-in-ECA-UZ



Barqaror tiklanish yo’lida – Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida 
pandemiyaga qarshi kurash 
 
Iqtisodiyotlari
 
shakllanayotgan va rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi 
mamlakatlari COVID-19 pandemiyasining tibbiy-sanitar, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlaridan 
ancha zarar koʻrdilar. Shu kungacha mintaqada 978 mingdan ortiq odam vafot etdi, 
koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 48 milliondan oshdi. Kam sonli uy xo'jaliklari 
yoki kam sonli korxonalargina katta qiyinchiliklarga duch kelmadilar. Jahon banki 
pandemiyaga qarshi kurashda yordam berish va barcha uchun inklyuziv va barqaror 
tiklanishni ta'minlashda mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
 
 
Tojikistonlik
 62 yoshli momo Niyozmoh Mirzoeva so‘nggi bir yarim yil ichida o’ta og‘ir 
qiyinchiliklarga duch keldi. 2020-yilning boshida Niyozmohning kasbi elektromontyor 
bo’lgan turmush o’rtog’i ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi va ko‘p 
o‘tmay uning o‘g‘li Rossiyaga ish izlab ketdi. Uzoq muddatli nogironligi bois ish topa 
olmagan Nyozmoh o’z oilasining qolgan qismini, jumladan, yosh nevaralarini ta’minlash 
uchun bor kuchi bilan harakat qildi.
 
Foto: Niyozmoh Mirzoeva va nabirasi o’z uylari yonida (Jahon banki) 
Niyozmoh duch kelgan og’ir qiyinchiliklar 2020-
yilning oʻrtalarida COVID
-19 pandemiyasi 
Tojikiston boʻylab tez tarqalib ketgani bilan yanada ogʻirlashdi. Uning oilasi singari, butun 
mamlakat bo'ylab eng kambag'al uy xo'jaliklari omon qolish uchun asosiy ehtiyojlarga 
bo’lgan xarajatlarni anchagina kamaytirishga majbur bo'lishdi. Har o‘n tojikistonlik uy 


xo'jaliklaridan to‘rttasi oziq-ovqat iste’molini qisqartirishga majbur bo‘lganini, har besh uy 
xo'jaliklaridan biri esa tibbiy yordam ololmaganini aytdi. 
Yevropa va Markaziy Osiyo
 mintaqasining eng qashshoq davlatlaridan biri bo‘lgan 
Tojikiston pandemiyaga javob choralarini ko’rish maqsadida Jahon bankidan shoshilinch 
yordam olgan birinchi davlatlar qatorida bo‘ldi. 2020-yilning aprel oyida Bank sog‘liqni 
saqlash tizimining mavjud imkoniyatlarini mustahkamlash, eng kam ta’minlangan uy 
xo‘jaliklariga shoshilinch pul yordamini ko‘rsatish va koronavirus tarqalishining oldini olish 
bo‘yicha aholini samarali xabarlash uchun 11,3 million dollar miqdoridagi moliyaviy 
yordamni tasdiqladi. COVID
-
19 ga qarshi kurashni qoʻllab
-quvvatlashni yanada 
kuchaytirish, bolalari bor bo’lgan eng kam himoyalangan uy xo‘jaliklariga yordam 
koʻrsatish, COVID
-19 vaktsinalarini xarid qilishni ta’minlash va ularni tarqatish, hamda 
oldingi tadbirlar ko’lamini kengaytirish uchun Bank 21,2 million dollar miqdorida 
qoʻshimcha mablagʻ 
taqdim qildi. 
Tojikiston singari Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining barcha mamlaka
tlari ham 
COVID
-19 dan jiddiy zarar ko‘rdilar. Mamlakatlarga pandemiyaning tibbiy-sanitar, ijtimoiy 
va iqtisodiy oqibatlarini engib o’tishda yordam berish uchun Jahon banki bugungi kunga 
qadar mintaqaga umumiy ko’mak sifatida 1,8 milliard dollardan ortiq mablag' ajratdi. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin