Video:
kutish
rejimidagi
to'y: Gruziyadan koronavirus hikoyalari
Ushbu loyihalar yangi reanimatsiya yotoqlari, o’pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparatlari
va shaxsiy himoya vositalari (ShHV) kabi hayotiy zarur jihozlarni sotib olishni,
shuningdek, yangi shifoxonalar qurish va mavjud sog'liqni saqlash muassasalarining
imkoniyatlarini kengaytirishni moliyalashtirishga yordam berdi.
Misol tariqasida, Armanistonda 2020-
yilning aprel oyida Sogʻliqni saqlash vazirligining
iltimosiga koʻra COVID
-19 tashxisi tasdiqlangan bemorlarning intensiv terapiyasi uchun
asbob-
uskunalar va jihozlarga boʻlgan favqulodda ehtiyojni qondirish uchun
Bank
mamlakatga
3
million dollar ajratdi.
2021-yil fevral oyida Armaniston sog‘liqni saqlash
tizimi
yana 7,4 million
dollar
miqdorida qo‘shimcha moliyalashtirish
ko‘rinishida ko’mak
oldi, bu esa ikki kam ta’minlangan Gegharkunik va Vayots Dzor h
ududlaridagi 137
mingdan ortiq kishining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishlariga imkon berdi.
Video: Arman tibbiyot qahramonlari COVID-
19 ga qarshi kurash frontida
Bank Evropaning eng qashshoq davlatlaridan biri bo'lgan
Moldovada
COVID
-19
epidemiyasi sharoitida Favqulodda vaziyatlarga tayyor bo’lish va javob choralari ko’rishni
ta’minlash loyihasini ishga tushirish orqali pandemiyaga qarshi kurashishda sog'liqni
saqlash tizimini qo'llab-quvvatladi, qaysiki, ma’lum bir 19 kasalxonada intensiv terapiya
yotoqlari sonini 430 tagacha ko'paytirishga yordam berdi, bu esa Yevropa
mamlakatlaridagi intensiv terapiya yotoqlarining o'rtacha soniga to'g'ri keladi.
Shuningdek, M
oldovadagi COVID
-
19 ning eng ogʻir holatlari davolanayotgan 55 ta
shifoxona uchun
zarur tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, 400 ta kislorod kontsentratori,
292 ta o’pkani sun’iy ventilyatsiyalash apparatlari, 20 ta kislorod generatori, 1 mln.
shaxsiy
himoya
vositalari to’plamlari, 8 ta tez tibbiy yordam mashinalari va koʻplab
boshqa noyob jihozlar xarid qilindi
Video: Floreshti tuman kasalxonasida shifokorlar va bemorlar, Moldova
Tojikistonda pandemiya davri boshida,
«COVID
-19 bilan bog'liq favqulodda vaziyat»
loyihasi
tufayli tibbiyot muassasalarining intensiv terapiya boʻlimlarida (ITB) 100 ga yaqin
yangi toʻliq jihozlangan yotoqlar paydo boʻldi va COVID
-19 bilan kasallangan odamlarni
davolash bo’yicha sogʻliqni saqlash tizimining umumiy salohiyati oshdi. Bundan tashqari,
COVID
-
19 ni aniqlash va uning oldini olish uchun o’ta zarur boʻlgan materiallar, jumladan
,
test toʻplamlari, laboratoriya reagentlari va tibbiyot xodimlari uchun shaxsiy himoya
vositalari xarid qilindi.
Jahon
banki pandemiya boshida
Gruziyada
hukumatni qo'llab-quvvatlagan birinchi
donorlardan bo’ldi. Hukumat bilan va Osiyo infratuzilma
investisiya banki bilan yaqindan
hamkorlik qilib, Jahon banki 2020-
yilning may oyida kuchga kirgan COVID
-19 ga
favqulodda javob choralari ko’rish loyihasini ishlab chiqdi. Loyihaning asosiy maqsadi
kishilar hayotini saqlab qolish va tibbiyot xodimlarini himoya qilishdan iborat edi. Ko'plab
tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar, diagnostika uskunalari va testlar sotib
olindi va Gruziya
shifoxonalariga tarqatildi.
O‘zbekistonda
Jahon banki hukumatning milliy sog‘liqni saqlash tizimi COVID
-19 bilan
kasallangan bemorlarni davolash salohiyatini mustahkamlash borasidagi sa’y-
harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Loyiha doirasida bugungi kunga qadar qiymati
qariyb 21,5 million dollarlik 1115 dona zamonaviy tibbiy uskunalar xarid qilindi. Bu
uskunalar o’pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlari, kompyuter tomograflari, bemor
monitorlari, PZR-testlari uchun
apparatlar, ultratovush va rentgen apparatlarini o’z ichiga
oladi. Bu asbob-
uskunalar mamlakat bo’ylab 35 ta kasalxonaga etkazib berildi.
Foto: loyiha doirasida xarid qilingan tibbiy usku
nalarni yetkazib berish, O‘zbekiston
(Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston)
Bundan tashqari, loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
qiymati qariyb 20 million dollarlik qo‘shimcha asbob-uskunalar xarid qilishni
rejalashtir
ayapti. Bu tibbiyot xodimlariga COVID
-19 bilan kasallangan bemorlarni yanada
samarali tashxislash va davolash imkonini beradi.
Ukrainada
sog'liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatga
tezkor javob choralarini
ko’rish uchun qayta tuzilgan
«Odamlarga xizmat qilish, sog'liqni yaxshilash»
loyihasi
doirasida
hukumat 25 million dollar oldi. Ushbu moliyalashtirish qo'shimcha 135 million
dollar bilan kuchaytirildi va eng muhim shifoxonalarni modernizatsiya qilish va qayta
jihozlashga, shuningdek, minglab ukrainalik shifokorlarni o’ta zarur bo’lgan qo’shimcha
o’qitishga yo’naltirildi.
Foto: Ukrainadagi tibbiyot xodimlari (suratchi: Evgeniy Maloletka)
Jahon banki, shuningdek, Ukraina sog'liqni saqlash sektorining pandemiyaga qarshi
choralarini kengaytirish, aholining ustivor guruhlari orasida emlashni qo'llab-quvvatlash,
vaktsinalarni xarid qilish, vaktsinalarni saqlash infratuzilmasi va
logistikasini yaxshilash
uchun yangi «
Favqulodda holatga javob choralari ko’rish va COVID
-19 ga qarshi
emlash»
loyihasi doirasida 90 million dollar ajratdi.