Aholining eng kambag'al va zaif qatlamlarini himoya qilish
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasiga yordami eng kambag'al va zaif
uy xo'jaliklari va ishsizlarning daromadlarini qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oldi. Bu ijtimoiy
himoya sohasidagi tashabbuslarni takomillashtirish va kengaytirish bo’yicha milliy va
mahalliy hokimiyat organlari bilan ishlashni anglatadi.
O'zbekistonda
Jahon banki iqtisodiy inqirozdan jabr ko'rgan odamlarning katta qismini
qo'llab-quvvatlash uchun ularni ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olishni kengaytirishda
hukumatga yordam ko’rsatdi. Shunga ko’ra, 2020-yilning noyabridan 2021-yilning
fevraligacha bir milliondan ortiq uy xo'jaliklari umumiy qiymati 51,8 million dollar bo’lgan
kam taʼminlangan oilalarga to’lanadigan nafaqalar oldilar. Bundan
tashqari, 2020-yilning
dekabridan 2021-yilning mayigacha ishsiz qolgan fuqarolarga umumiy qiymati 3,7 million
dollar bo’lgan jami 75 mingdan ortiq ishsizlik nafaqalari berildi.
Foto: muhtojlarga oziq-
ovqat to’plamlari yetkazib berish, O‘zbekiston (O'zbek
iston
Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi)
Moldovada Jahon bankining COVID
-
19 pandemiyasiga qarshi kurash loyihasi sogʻliqni
saqlash sektorining pandemiyaga javob choralarini qoʻllab
-quvvatlash bilan birga
aholining
kambagʻal va eng zaif qatlamlariga pandemiyaning bevosita oqibatlarini
engishga yo’naltirilgan yordamni ham oʻz ichiga oldi. Loyiha doirasida bugungi kunga
qadar kam ta’minlangan uy xo'jaliklariga 26 million dollarga yaqin ijtimoiy va moliyaviy
yordam ko‘rsatildi.
Tojikistonda Jahon banki moliyalashtirgan dastur doirasida 65 mingdan ortiq yosh bolali
kam ta’minlangan oilalar bir martalik
favqulodda pul to'lovlari
oldilar. Oziq
-ovqat narxining
tez o'sishi natijasida ko'plab oilalar oziq-ovqat iste'molini qisqartirishga majbur bo'lgan
sharoitda, bu favqulodda mablag'lar ularni etarli miqdorda oziq-ovqat bilan ta'minlashga
yordam berdi. Bank tomonidan 2021-yilning fevral oyida tasdiqlangan
qo‘shimcha
moliyalashtirish
tufayli Tojikistonda yana 70 ming kishi shunday yordam oladi.
Foto: Varzobdagi markaziy tuman kasalxonasi oldida bemorlar va tashrif buyuruvchilar,
Tojikiston (Jahon banki)
Gruziyada COVID
-19 ga favqulodda javob choralari loyihasi shuningdek inqirozdan kelib
chiqqan iqtisodiy oqibatlarn
i engishga yordam berdi. 750 mingga yaqin eng kambag'al va
o’ta himoyasiz fuqarolar har xil turdagi ijtimoiy ko’mak va ishsizlik nafaqalari ko'rinishidagi
pul yordamidan foydalandilar. 2021-yilning oktabr oyiga qadar aholining ijtimoiy himoyaga
eng muhtoj qatlamlari uchun vaqtinchalik favqulodda nafaqalar, shuningdek, vaqtinchalik
ishsizlik nafaqalari va o'zini o'zi band qilgan fuqarolarga bir martalik nafaqalar uchun 72
million dollarga yaqin mablag‘ taqdim etildi.
Pandemiya G‘arbiy Bolqonda bandlikka, ayniqsa yoshlar va ayollar orasidagi bandlikka
misli ko‘rilmagan ta’sir ko‘rsatdi. Ishini yoki boshqa daromad manbayini yo'qotgan
odamlarni qo'llab-quvvatlash va favqulodda vaziyatlarda qo'llab-quvvatlash dasturlarining
mavjud benefitsiarlarini himoya qilish uchun mintaqa davlatlari zudlik bilan choralar
ko'rdilar.
Misol tariqasida,
Shimoliy Makedoniyada
hukumat pandemiya yaratgan sharoitlarga
qaramay, ijtimoiy yordam toʻlovlarini davom ettirishni taʼminladi. Hukumat, shuningdek,
pandemiyadan zarar ko'rgan kambag'al odamlarni qamrab olish uchun oxirgi chora
sifatida daromadni qo'llab-quvvatlash dasturi (kafolatlangan minimal yordam - KMY) ga
muvofiqlik mezonlarini tezkor o'zgartirdi, aks holda bu odamlar ushbu yordamni olishga
haqli bo'lolmasdilar. Bu ishlar dasturning qamrovini moslashuvchan ravishda kengaytirish
imkonini berdi.
Jahon banki «
Shimoliy Make
doniyada COVID
-19 tufayli favqulodda vaziyat» loyihasi
orqali inqirozga javoban ijtimoiy himoya tizimlarini modifikatsiya qilishda hukumatga
yordam berdi, shuningdek KMYni kengaytirishda qo’llab-quvvatlashni moliyalashtirdi.
Ukrainada
Ijtimoiy himoya tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha COVID
-
19ga javob choralarini ikkinchi qo'shimcha moliyalashtirish
doirasida Ukrainaning kam
ta'minlangan uy xo'jaliklari uchun ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmatlar tizimini
takomillashtirish va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlaridan jabrlangan uy xo'jaliklarining
daromadlarini qo'llab-quvvatlash uchun 300 million dollar ajratildi.
|