109
degan fikri o‗z tasdig‗ini topmoqda. Uning ta‘kidlashicha, agarda qishloq xo‗jaligi
hissasi daromadlarga talab elastikligi
farqi bilan tushuntirilsa, xizmat ko‗rsatish
sohasidagi o‗zgarishlar uchinchi sektor (xizmat ko‗rsatish)ni birinchi (qishloq
xo‗jaligi) va ikkinchi (sanoat) sektorga nisbatan past unumdorlik darajasi bilan
ifodalanadi. Bu haqida sanoatda yalpi omilli unumdorlik o‗sishi va xizmat
ko‗rsatish sektorini rivojlanishi o‗rtasidagi yuqori
korrelatsiya koefitsenti
mavjudligidan dalolat beradi.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda milliy xo‗jaliklarning alohida tarmoqlarida
unumdorlik (samaradorlik) darajasidagi farq XX asrning 70 yillaridan tadqiqot
predmeti bo‗la boshlagan. O‗sha davrdayoq kapital sig‗imining
yuqoriligi bilan
ajralib turadigan (sanoat va qurilish xo‗jaligi) iqtisodiyot sektorlariga nisbatan jonli
mehnati ko‗p bo‗lgan tarmoqlarda (xizmat ko‗rsatish) unumdorlik yuqoriligi tan
olingan. Bu haqida V.Baumol, S.Blekmen va E.Volflor o‗z tatqiqotlarida to‘xtalib
o‗tishgan. Quyidagi jadvalda 1995-2015 yillarda
rivojlangan mamlakatlarda
xususiy unumdorlik ko‗rsatkichlaridan birining o‗sish sur‘ati statistikasi
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: