175
o’tkazish jarayonida loyiha bo’yicha aniq risk turlari
aniqlanadi, ularni paydo bo’lish
sabablari o’rganiladi, risklarni pasaytirish yuzasidan tavsiyalar va loyihani amalga
oshirish oqibatlari tahlil qilinadi.
Loyiha
risklarining sifat tahlilida, eng avvalo, loyiha bo’yicha barcha risk
turlari aniqlanadi, ya’ni loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari
riski,
siyosiy risklar, huquqiy risklar, moliyaviy risklar,
marketing risklar, ekologik
risklar, harbiy risklar, qurilish-ekspluatatsion risklar va boshqalar.
Sifat jihatdan
risklarni
tahlil qilish sodda va qulay, uning asosiy maqsadi
risklarni sababini aniqlash, manbasini ko’rsatish va pasaytirish yo’llarini
ishlab
chiqishdan iborat. Sifat jihatdan tahlil keyinchalik boshqa izlanishlarga asos bo’ladi.
Shuning uchun biznes-reja tuzish bosqichida keng qo’llaniladi. Sifat jihatidan tahlilni
natijalari: riskni sababini aniqlash, risk oqibatlarini tahlil qilish, ko’rilishi
mumkin
bo’lgan zararni o’lchash va kamaytirish yo’llarini izlash, risk ta’siriga tushuvchi
omillarni chegara ko’rsatkichlarini (minimum va maksimum) aniqlash.
Risklarni sifat jihatidan tahlilni kamchiliklari: aniq o’lchovli ma’lumot
bermasligi va uning sub’ektivligi, ya’ni tahlil natijalari to’la tahlil qilayotgan
shaxsga, uning bilim darajasiga bog’liqligidir.
Risklarning miqdoriy tahlili – bu risklilik nuqtai nazaridan loyiha bo’yicha bir
qator omillarning o’zgarishi natijasida loyiha
samaradorligi mezonlarining
o’zgarishini o’rganishdan iborat.
Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o’tkazish loyihaning hisob-kitoblariga
asoslaniladi. Miqdoriy tahlilning asosiy vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga
asosan riskli omillarning o’zgarishini ta’sirini miqdor jihatdan o’lchashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: