178
Sezgirlik tahlili loyihaning o’xshash parametrlaridan biri o’zgarganda,
loyiha
samaradorligi qay darajada o’zgarishiga miqdoriy baho berishda qo’llaniladi.
Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta’sir etuvchi
omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o’tkazish tavsiya etiladi.
“Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida
mahsulot sotishdan kelgan
tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lgan holdagi sotish hajmi
aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo’lsa,
korxona zararlarni qoplashi
mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo’lsa, korxona ishini zararsiz olib
borayotgan bo’ladi. “Zararsizlik” tahlili loyiha quvvati
yoki ishlab chiqarish hajmi
miqdorini topish maqsadida qo’llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo’lsa,
korxona zararga ishlayotgan bo’ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va
qiymatni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: