Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


 Risk turlari bo’yicha loyiha samaradorligiga ta’sirini baholash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
9.2. Risk turlari bo’yicha loyiha samaradorligiga ta’sirini baholash 
Risklarni sifat tahlili – bu loyiha bo’yicha kutilishi mumkin bo’lgan asosiy 
risklarni aniqlash, loyihani amalga oshirishda uning oqibatlarini o’rganish va risklarni 
pasaytirish yo’llarini (tadbirlarini) aniqlashdan iborat. 
Investitsion risklarni 
sifat jihatdan tahlil qilish
ning o’ziga xos xususiyati uni 
miqdoriy natijalar sifatida aks ettirishidadir. Loyihaviy risklarning sifat tahlilini 


175 
o’tkazish jarayonida loyiha bo’yicha aniq risk turlari aniqlanadi, ularni paydo bo’lish 
sabablari o’rganiladi, risklarni pasaytirish yuzasidan tavsiyalar va loyihani amalga 
oshirish oqibatlari tahlil qilinadi. 
Loyiha risklarining sifat tahlilida, eng avvalo, loyiha bo’yicha barcha risk 
turlari aniqlanadi, ya’ni loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari 
riski, siyosiy risklar, huquqiy risklar, moliyaviy risklar, marketing risklar, ekologik 
risklar, harbiy risklar, qurilish-ekspluatatsion risklar va boshqalar. 
Sifat jihatdan
risklarni tahlil qilish sodda va qulay, uning asosiy maqsadi 
risklarni sababini aniqlash, manbasini ko’rsatish va pasaytirish yo’llarini ishlab 
chiqishdan iborat. Sifat jihatdan tahlil keyinchalik boshqa izlanishlarga asos bo’ladi. 
Shuning uchun biznes-reja tuzish bosqichida keng qo’llaniladi. Sifat jihatidan tahlilni 
natijalari: riskni sababini aniqlash, risk oqibatlarini tahlil qilish, ko’rilishi mumkin 
bo’lgan zararni o’lchash va kamaytirish yo’llarini izlash, risk ta’siriga tushuvchi 
omillarni chegara ko’rsatkichlarini (minimum va maksimum) aniqlash. 
Risklarni sifat jihatidan tahlilni kamchiliklari: aniq o’lchovli ma’lumot 
bermasligi va uning sub’ektivligi, ya’ni tahlil natijalari to’la tahlil qilayotgan 
shaxsga, uning bilim darajasiga bog’liqligidir.
Risklarning miqdoriy tahlili – bu risklilik nuqtai nazaridan loyiha bo’yicha bir 
qator omillarning o’zgarishi natijasida loyiha samaradorligi mezonlarining 
o’zgarishini o’rganishdan iborat.
Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o’tkazish loyihaning hisob-kitoblariga 
asoslaniladi. Miqdoriy tahlilning asosiy vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga 
asosan riskli omillarning o’zgarishini ta’sirini miqdor jihatdan o’lchashdan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin