Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/181
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#167358
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

sezgirlik tahlilidir

Sezgirlik tahlili loyiha tahlili bo’yicha mutaxassislarga risk va noaniqlikni 
hisobga olishga imkon beradi. Sezgirlik tahlili bir qancha omillarning o’zgarishi 
asosida ko’rib chiqiladi. Masalan, loyiha bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulotga 
bo’lgan narxning tushishi yoki loyiha uchun zarur bo’lgan qandaydir resurslarning 
narxi oshishi. Ko’pgina hollarda, sezgirlik tahlili, kelajakda loyihani amalga oshirish 
shart-sharoitlarini ko’rsatib beruvchi loyiha ekspertizasida qo’llaniladi.
Loyihaviy tahlilda sezgirlik tahlili loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga 
ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va noaniqlikni hisobga olishda muhim ahamiyatga 
ega. Masalan, mahsulot narxi kritik omil hisoblansa, bunda marketing dasturini 
kuchaytirish yoki loyiha qiymatini kamaytirish kerak bo’ladi. Agar loyiha ishlab 
chiqarish hajmi o’zgarishiga sezgir bo’lsa, unda xodimlarni o’qitish dasturlariga
menejmentga hamda ishlab chiqarishni oshirishga ko’proq e’tibor berish kerak 
bo’ladi.


178 
Sezgirlik tahlili loyihaning o’xshash parametrlaridan biri o’zgarganda, loyiha 
samaradorligi qay darajada o’zgarishiga miqdoriy baho berishda qo’llaniladi. 
Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta’sir etuvchi 
omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o’tkazish tavsiya etiladi.
“Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan 
tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lgan holdagi sotish hajmi 
aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo’lsa, korxona zararlarni qoplashi 
mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo’lsa, korxona ishini zararsiz olib 
borayotgan bo’ladi. “Zararsizlik” tahlili loyiha quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi 
miqdorini topish maqsadida qo’llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo’lsa, 
korxona zararga ishlayotgan bo’ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va 
qiymatni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin