172
Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli ishtirokchisiga,
investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini
qabul qilishi uchun zaruriy ma’lumotlarni berishi bilan izohlanadi.
Risklarni boshqarish - bu risk va foyda miqdorini oqilona qo’shilmasini
aniqlashga qaratilgan harakatlardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni
pasaytirish hisoblanadi.
Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo’linadi:
Risk omilini aniqlash;
Risk omilini tahlil qilish va baholash;
Risklarni pasaytirish bo’yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini
bartaraf etish;
Risklarni oldini olish va nazorat qilish;
Risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo’llash;
Risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma’lumot to’plash va kelajakka
tavsiyalar tuzish.
Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni loyihaga ta’sir qila oladigan
voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi.
Riskni boshqarishdan maqsad eng avvalo riskning oldini olishdir. Qaror qabul
qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo’lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol
tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank
boshqaruvi xodimlari o’z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun hatarni oldini olish
taktika va strategiyasini ishlab chiqishlari kerak.
Risklarni boshqarishdagi asosiy vazifa - amaldagi bozor kon’yunkturasiga mos
darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini
minimum saqlab qolishdir.
Dostları ilə paylaş: