162
ko’payib ketsa, jiddiy serharajatlarga olib kelib, quruvchilar zarar ko’rishadi.
Shunday qilib, quruvchilar loyihadan chetga chiqishni past darajada tutishga
qiziqishadi.
Tadqiqot loyihasida maqbul chetga chiqishlar ancha ko’p, masalan, 20 %
chamasini tashkil etishi mumkin. Tadqiqotlar o’zida ma’lum ulush noaniqlikka ega
bo’lgani tufayli, izlanishlar rejasi so’zsiz taxminiy bo’ladi. Bizlar o’z tadqiqotlarimiz
natijasi to’g’risida eng taxminiy tasavvurga ega bo’lgan xolda, ish yakuni dastlabki
takliflarimizdan katta chetga chiqishlar bo’lishiga ko’nikishimiz zarur.
Nazorat jarayoni asosida loyihaning surilishi xaqida ma’lumot to’plash va
ko’rib chiqish yotadi. Bunday axborot mavjud bo’lgan xolda loyiha raxbarlarida
navbatdagi xarakatlar va quriladigan choralarni tanlash imkoniyati bo’ladi. Masalan,
grafikdagi rejadan orqada qolish maqbul chegaradan oshib ketsa, ular ma’lum sonli
juda zarur topshiriqlarni bajarilishini tezlashtirishga qaror qilib, zarur qo’shimcha
hajmdagi mablag’ ajratishi mumkin. Agar ma’lum guruh topshiriqlarda ularning
xodimlari rejadagidan 40 % kam mablag’ sarflashganini aniqlashsa, raxbarlar so’zsiz
bu chetga chiqishni taftish qilinishiga qaror qilishadi, zero mablag’ tejalishi
ko’pincha ma’lum ishlar umuman bajarilayotganidan yoki ishda
«
burchaklar
kesilayotgan» idan dalolat beradi.
Nazoratni boshqaruv faoliyati sifatida hisob va statistik nazorat bilan
aralashtirish to’g’ri emas, shu bilan birga hisobot va statistika organlari amaliyot
uchun muhim masalalarni xal qiladi.
Hisob kuzatish, o’lchash, qayd etish, saqlash, ma’lumotlarga ishlov berish
bilan cheklanadi. Hisoblash vazifasiga u yoki bu kriteriylar bo’yicha chetga chiqishga
baho berish kirmaydi.
Nazoratning mavzusi dalillar va voqealar, muayyan qarorlarning bajarilishini
tekshirish, chetga chiqish sabablarini oydinlashtirish, axvolni baholash, oqibatlarni
bashorat qilish.
Dostları ilə paylaş: