Aka-uka Raytlarning sam olyoti uchar javonga o'xshab ketadi
Shundan key in ixtirochilar va sinovchi-uchuvchilar uchish appa-
ratiga vintlar va dvigatellar o'rnatish shart ekanini tushinib yetishdi.
Afsuski, bug' va elektr dvigatellari o'ta og'ir bo'lgani tufayli planerni
yerdan qiyinchilik bilan uza olardi. Benzinda ishlaydigan dvigatellar
paydo bo'lgach sharoit o'zgardi. 1903-yil 17-dekabr kuni Amerikada
«Flayyer-1» deb nomlangan birinchi aeroplan havoga ko'tarildi. Varrak-
ka o'xshash bu mashinani aka-uka Uilbert va Orvill Raytlar yaratishdi.
Bu aka-ukalarning velosiped yasaydigan ustaxonasi bo'lib, ular bo'sh
vaqtlarida planer yasash bilan shug'ullanar edilar. Bir kuni Raytlarning
xayoliga yasagan planerlardan biriga mototsikl motorini o'rnatish fikri
kelib qoldi. Shunday qilib ular samolyot kashf qilishgan. Orvill Rayt bu
samolyotda maxsus katapulta yordamida 250 metr masofaga uchish-
ga muvaffaq bo'ldi. U 1 minut davomida, aniqrog'i 59 sekund davomi
da uchdi. Shu kun dunyo aviatsiyasi kuni deb e’tirof etildi.
Dostları ilə paylaş: