Odamlari yengilnamo, Bir-birlari-la doimo Bo‘lar-bo‘lmasga jang ekan. « N ursux» kabi bir joy kam, Tushmay o‘tib qildi alam, Olma, anor o‘miga ham Bog‘ida tok-u zang ekan. Ko‘p odamidin «Beshariq», Bog‘larda ekmishlar tariq. Yetim haqi - go‘shti baliq, Qilmishlari nayrang ekan. Charchashni bilmas yursalar, Purzo‘r ketmon ursalar. Vaqti namozga kelsalar, Masjid soriga lang ekan. «Rafqon» ajoyib joy ekan, Bir ko‘cha ketgan soy ekan, Salqin supa hoy-hoy ekan, Kim ko‘rsa hang-u mang ekan. QO‘QO N DA N FARG‘O N AGA 86
Ozodadin to‘pori ko‘p, Dukchisidin attori ko‘p. Choyxo‘ridin ko‘knori ko‘p, Bir rasta nos-u bang ekan. Ayvonchalar misli katak, Bir yo‘lki, odam siqqudak, Chit birla bir yerda alak, Bozori tor-u tang ekan. Xuftonda kirdim bir do‘kon, Qildi ashula bir juvon, Eshak demang, undin yomon, Hangrarda yaxshi hang ekan. Qiyg‘ir ko‘targan uch yigit, Uxlatmadilar bir minit, Наш boshda tong otquncha it G ‘ingshib chiqib, vang-vang ekan. Aylab sayohat endi bas, «Konibodom» qilmay havas, Наг yerda yotgan xor-u xas, Ko‘zga tikan yakrang ekan. 87