Aylantirib boshingni, dil behuzur doim,
Mindim, netay, safarda nochor, aroba qursin.
Chiqsang, Muqimiy, bozor, aylarga daf i savdo
Qilg‘ay jahonni ko‘zga ko‘p tor, aroba qursin.
82
!
SAYOHATNOMA
QO‘QO
N
DA
N
SHOHIMAKDO
N
GA
Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak-bag‘rimni xun,
Ko‘rdiki, bir ahli funun —
Charx anga kajraftor ekan.
Qolmay shaharda toqatim,
Qishloq chiqardim odatim,
Xohi yayov, bo‘lsun otim,
Gah sayr ham darkor ekan.
« 0 ‘ltarma»ga qildim yurush,
Yo‘ldosh edi bir chitfurush,
Yetdim jadallab vaqti tush,
Birdam qiziq bozor ekan.
Bir
ша
’
гака
ko‘rdim butun,
Jam’i yopingan boshga to‘n,
Boqsamki, besh yuzcha xotun,
Voiz so‘zin tinglor ekan.
Mingboshilik kimning ishi,
Desam, dedi bedonishi,
Bir «Qo‘shtegirmonlik» kishi,
Xo‘ja Iso badkor ekan.
Mag‘rur, xasis-u besh-u kam,
Har gapda yuz ichgay qasam,
Takjoy olur moxovdanam,
Hoji o‘zi murdor ekan.
83
«Do‘rmancha»ga ketdim o‘tub,
Yoqamni har soat tutub,
Yotdim ul oqshom g‘am yutub,
Dashti qaroqchizor ekan.
Unda bo‘lus G ‘ozi dedi,
Ham mufti, ham qozi dedi,
Yurt barcha norozi dedi,
Qilg‘on ishi ozor ekan.
Boz izdihomi voizi,
Badkayf, ochilmas ko‘zi,
Yuqori boshidin tizi,
Dostları ilə paylaş: |